Ру Ўз O`z En

Qo‘shma reydlar davomida huquqbuzarliklar aniqlanmoqda

1 Dekabr 2021 1304

Qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va yo‘l qurilish sohasi faoliyati jarayonida texnikalardan belgilangan tartibda foydalanilishi ustidan nazorat qilish “O‘zagroinspeksiya” hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, sohadagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash maqsadida, joylarda bir qator ishlar belgilangan grafik va reja asosida muntazam amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish yo‘nalishida joriy yilning 10 oyligi davomida 1276 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 995 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan, 599 ta shaxslarga nisbatan belgilagan tartibda maʼmuriy choralar ko‘rilib, bitta holatda materiallar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun sud organlariga yuborildi.

Nazorat tadbirlari davomida huquqbuzarlarga nisbatan 111 mln 320 ming so‘mlik jarimalar qo‘llanilgan bo‘lib, maʼlum miqdorining undirib olinishi taʼminlandi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalaridan samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida, “O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi va Andijon viloyati IIB YНXB hamkorlikda qo‘shma reyd tadbirlari tashkil etilib, xar haftaning payshanba kuni xar bir tumanda reyd tadbirlari o‘tkazilishi belgilab olingan.

Joriy yilning 18 noyabr kuni tumanlar Agroinspeksiyaning tuman bo‘lim xodimlari va IIB YНXB lar bilan o‘tkazilgan qo‘shma reyd tadbirlari natijasida 18 nafar shaxslar tomonidan qonun buzilish holatlari aniqlanib, tegishli tartibda maʼmuriy choralar ko‘rildi.

Kelgusida Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalaridan samarali foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlari muntazam olib borilishi taʼminlanadi.      

A. Komilov, Inspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi Texnikalar holatini nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori                            

 U. Abdullayev. Inspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi. Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh inspektori                               

 

Text to speech