Ру Ўз O`z En

G‘ALLA PARVARISHIDA AGROTEXNIK TADBIRLARNING SIFATLI O‘TKAZILISHI – YUQORI HOSIL GAROVI

7 Fevral 2024 866

Bugungi kunda Samarqand viloyatda 2024-yil hosili uchun parvarish qilinayotgan 104 ming 230 gektar g‘alla maydonlari to‘liq tuplash fazasida rivojlanmoqda.

Inspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan g‘alla maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘tkazishda rivojdan ortda qolgan maydonlarni qoloqlikdan chiqarish asosiy maqsad qilib olingan. Qoloq hisoblangan fermer xo‘jaliklarida kuz-qish mavsumida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi Inspeksiya nazoratiga olingan.

Shuningdek, mavsum boshidan buyon 1,8 marta yoki 167 foiz maydonda sug‘orish ishlari amalga oshirildi.

Yana bir muhim tadbir, g‘alla maydonlariga mahalliy o‘g‘it chiqarish ishlari viloyat hududlarida fevral oyi uchun 42 ming 194 tonna yoki 13,5 foiz jamg‘arilgan.

Shu bilan birga, g‘allani vegetatsiya davrida oziqlantirish uchun talab etiladigan 73 ming 184 tonna azotli mineral o‘g‘itlarining bugungi kungacha 39 ming 594 tonnasi yoki 54,1 foizi zaxira qilingan.

-Viloyatda bashorat qilingan 94 ming 230 gektar g‘alla maydonida begona o‘tlarga qarshi kurash uchun 76 ming 511 gektarga yoki 81 foizga, kasalliklarga qarshi fungitsidlar 47 124 gektarga yoki 50 foizga, zararkunandalarga qarshi insektoakaritsidlar 14 007 gektarga yoki 14,9 foiz kimyoviy preparatlar zaxirasi yaratilgan - deydi “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh. Butunov. - Boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan mavsum boshidan buyon 110 ming 341 gektar g‘alla maydonlarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Olib borilgan nazorat tadbirlari davomida 1 ming 551 ta fermer xo‘jaligining 3 ming 950 gektar g‘alla maydonida kamchiliklar aniqlandi.

Ushbu kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan 2 ming 786 ta ogohlantirish va 31 ta taqdimnomalar berildi.

"O‘zagroinspeksiya" Axbort xizmati     

Text to speech