Ру Ўз O`z En

2024-yil hosili uchun sifatli urug‘lik chigit tayyorlash ishlari nazoratda

9 Yanvar 2024 1184

Inspeksiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limi qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini yetishtirilishini nazorat qilish mutaxassislari tomonidan monitoring tadbirlar olib borilmoqda.

Viloyatda 2024 yil hosili uchun sifatli urug‘lik chigit tayyorlash maqsadida jami 4 ming 145 tonna shundan, “Buxoro urug‘chiligi” MCHJ tomonidan 1 ming 77 tonna, “Buxoro paxta urug‘chiligi” MCHJ tomonidan 2 934 tonna, “BST Agrokompleks klaster” MCHJ tomonidan 134 tonna urug‘lik chigitlarni dorilash ishlari rejalashtirilgan.

Hozirgi kunda, viloyat bo‘yicha 1 ming 104 tonna yoki 21,0 foiz tozalash saralash va 627 tonna yoki 16,0 foiz tuksizlantirish, dorilash, qoplash ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, «Romitex» MCHJga qarashli “Buxoro urug‘chiligi” MCHJ tomonidan 110 tonna yoki 14,0 foiz tozalash saralash va 18 tonna yoki 3,0 foiz, “Buxoro Agroklaster” MCHJga qarashli “Buxoro paxta urug‘chiligi” MCHJ tomonidan 994 tonna yoki 25,0 foiz tozalash saralash va 610 tonna yoki 21,0 foiz tuksizlantirish, dorilash, qoplash ishlari amalga oshirilgan.

Urug‘lik sexlarida tayyorlangan tozalash-saralash, tuksizlantirish va dorilangan urug‘lik chigitni uchuvchanligi, mexanik shikastlanganligi, iflosligi, tukliligi, 1000 dona chigitning og‘irligi, chigitning o‘lchami bo‘yicha bir xilligi, namligi bo‘yicha har 2 soatda tahlillar olinib, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” DM viloyat filiali mutaxassislari tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

«O‘zagroinspeksiya» Buxoro viloyat boshqarmasi

Text to speech