Ру Ўз O`z En

Samarqandda global oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilinadi

7 Sentyabr 2023 1449

Hujjat xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Tomonlar iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, yerlar degradatsiyasini asosiy chaqiriqlar sifatida eʼtirof etdilar.

Samarqand deklaratsiyasi O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining texnik ko‘magida tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi. Tadbir 7–8- sentyabrda, 15 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 8 mamlakatdan vazir o‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqaro hamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirokida o‘tadi.

 

«Pandemiya va global chaqiriqlar bizni eski yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishga ruhlantirmoqda, fermerlar va agrobiznesni rag‘batlantirish, shuningdek qishloq xo‘jaligini yuritishning yangi uslublari naqadar muhimligini isbotlayapti. O‘zbekistonda agrooziq-ovqat tarmog‘ini qayta tashkil etish jarayoni kechmoqda. Biz qishloq xo‘jaligining salohiyatini kuchaytirish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash uchun jahonning yetakchi olimlarini jalb etishni rejalashtirmoqdamiz. Jahonda yana-da yuqori sifatli oziq-ovqat bilan ko‘proq insonlar qamrab olinishini taʼminlanish uchun, yangi yechimlar va innovatsiyalarni talab qilmoqda. Mana shular konferensiya muhokamasida asosiy o‘rinni egallaydi va Samarqand deklaratsiyasining asosini tashkil qiladi», — rejalari bilan o‘rtoqlashdi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.

Samarqand deklaratsiyasida ishtirokchi mamlakatlarning quyidagi maqsadlari qayd etiladi:

- qishloq xo‘jaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan optimal foydalangan holda rivojlantirish;

- aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlarning sog‘lom ovqatlanishiga ko‘maklashish, maktabda ovqatlanish kompleks dasturlarini joriy qilish;

- ayollarning agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasidagi ulushini oshirish uchun qishloq joylardagi ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish;

- davlat miqyosida kichik va oilaviy xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

«Global iqtisodiy tanazzul va o‘sishning sekinlashuvi iqlim inqirozining oqibatlari, agrooziq-ovqat tizimida investitsiyalarning yetishmasligi, oziq-ovqat narxining o‘sib borishi va tengsizlikning kuchayib borishi bilan uyg‘unlikda, bizni 2030 yilgacha Barqaror taraqqiyot sohasidagi maqsadlar (BTM)ga, ayniqsa BTM-2 (Nol ochlik)ka erishishga qaratilgan kursdan chetlatib yubordi.

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya butun dunyodagi agrooziq-ovqat tizimlari qayta tashkil etilishidagi ilgarilashuvning tezlashishi uchun jiddiy maydoncha bo‘ladi, pirovardida bu tizimlarlar dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar duch kelayotgan chaqiriqlarga alohida urg‘u berib,  yana-da samarali, inklyuziv va barqaror tus oladi. Bundan tashqari, konferensiyada yaxshilashning to‘rt yo‘nalishi: ishlab chiqarishni yaxshilash, ovqatlanish sifatini yaxshilash, atrof-muhit holatini yaxshilash va hayot sifatini yaxshilash maqsadida qishloq joylarda gender tenglikni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish va raqamli qishloq xo‘jaligi masalalari muhokama etiladi, bunda hech kim eʼtiborsiz qolmasligi kafolatlanadi», — dedi FAO bosh direktori Syuy Dunyuy.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida 26 mamlakatdan 150 dan ziyod xorijiy olimlar va O‘zbekistonning 200 nafar olimi ishtirokida davra suhbati o‘tkaziladi. Ishtirokchilar qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatini muhokama qiladilar.

 

«O‘zagroinspeksiya» Axborot xizmatia

Text to speech