Ру Ўз O`z En

Samarqand: joriy yil hosili uchun 10 ming 105 tonna urug‘lik paxta-xom ashyosi jamg‘arilgan

24 Yanvar 2024 1055

Maʼlumki, urug‘lik chigitni tozalash, saralash, tuksizlantirish va dorilash ishlarini davlat standarti talablari asosida o‘z muddatlarida bajarilishi paxtadan mo‘l hosil olishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

 Urug‘lik paxta xom-ashyosini qabul qilish, saqlash, dastlabki qayta ishlash, urug‘lik chigit tayyorlash va tarqatish, sifatini nazorat qilish bo‘yicha Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 Jumladan, 2023-yil hosilidan paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan viloyat bo‘ylab 54 ta g‘aramlarda jami 10 ming 105 tonna urug‘lik paxta xom-ashyosi nav va avlodlar bo‘yicha jamg‘arilgan.

Shuningdek, 2024-yil hosili uchun 4 ming 954 tonna urug‘lik chigitni tozalash va saralash, shundan 671 tonna tuksizlantirish, 3 ming 863 tonnasini dorilash ishlari amalga oshirish belgilanib, urug‘lik chigit tayyorlash grafigi, urug‘lik chigitni tozalash, saralash tuksizlantirish va dorilash dislokatsiyasi ishlab chiqilib tasdiqlangan.

Shunga ko‘ra, viloyatda mavjud bo‘lgan, “Mitan” urug‘lik sexida 849 tonna, “Ittifoq” urug‘lik sexida 622 tonna, “Samarqand best seeds ” MCHJda 1 ming 690 tonna, “Maraqand sifat” MCHJda 700 tonna jami 3 ming 863 tonna urug‘lik chigitni dorilash belgilangan.

Bugungi kunda, 3 ming 225 tonna yoki 64,6 foiz urug‘lik chigit tozalanib, saralangan, shundan 163 tonnasi yoki 24,3 foizi tuksizlantirilgan, shuningdek 520 tonna yoki 13,5 foizi dorilangan bo‘lib, ishlar davom ettirilmoqda.

Qolaversa, mavsum davomida viloyat va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan 18 ta nazorat tadbirlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ogohlantirishlar berilishi taʼminlandi.

Bugungi kunda 2024-yil hosili uchun urug‘lik chigitni dorilash ishlari inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

X. Nurbekov, Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i

Text to speech