Ру Ўз O`z En

Samarqandda klaster korxonalari tomonidan 26 ta paxta terish mashinalari xarid qilingan

24 Sentyabr 2020 1854

"Oʼzagroinspektsiya"ning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 8 sentyabrdagi “2020 yil paxta hosilini yigʼib - terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 545-sonli qarori ijrosini oʼz vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan monitoring-tahlil tadbirlari oʼtkazilmoqda.

Unda, paxta qabul qilish maskanlarining mavsumga shayligi, qishloq xoʼjaligi texnikalari va tirkamalarning texnik holati, laboratoriya va tarozi uskunalarining texnik sozligi singari koʼplab masalalarga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

-Joriy yilda Samarqandlik dehqonlar mavjud 75 ming 580 gektar maydonda yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda yigʼib-terib olish maqsadida mavsumga tayyorgarlik ishlarini qizgʼin olib borishdi.

2020 yilda 9 ta klaster korxonalari hamda 2 ming 120 ta fermer xoʼjaliklari tomonidan 215 ming 500 tonna qimmatbaho sanoat xom ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Yigʼim-terimni uyushqoqlik bilan oʼtkazish maqsadida viloyatda 27 ta paxta qabul qilish maskanlarida mavsumoldi tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirildi.

Belgilangan rejaga koʼra, paxta qabul qilish maskanlaridagi 117 ta oʼt oʼchirish moslamalari,117 ta kichik mexanizatsiya vositalari, 23 ta yopiq omborlar, 422 ta gʼaram maydonlari, 347 ta elektr shkaflar hamda 469 ta hududlarni yoritish moslamalari bilan taʼmirlandi,-deydi Inspektsiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi paxta xom ashyosi, don, urugʼlar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi bosh inspektori Bahodir Rahmonov.

Joriy yilda paxta hosilining salmoqli qismini texnika vositalari orqali yigʼishtirib olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda klaster korxonalari tomonidan xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 26 ta zamonaviy paxta terish mashinalari xarid qilingan boʼlib, mavsum davomida jami 38 ta paxta terish mashinalari ishtirok etishi koʼzlangan.

Inspektsiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Аxborot xizmati

Text to speech