Ру Ўз O`z En

Surxondaryo: viloyatda yerlarni qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan 123 ta holat aniqlangan

9 Yanvar 2024 969

«O‘zagroinspeksiya»ning Surxondaryo viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilishi bo‘limi tomonidan o‘tgan davr mobaynida 123 ta holatda 7.58 gektar yeR maydonida o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jami 6 mlrd 356 mln 332 ming 670 so‘m miqdorida yetkazilgan zarar hisoblangan.

Ushbu holat bo‘yicha, viloyat va tuman Prokuraturasiga 103 ta, IIB tergov bo‘linmalariga 20 ta xulosalar berilgan va 1 ta holatda yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash yuzasidan ogohlantirish xati chiqarilgan.

Jumladan, Termiz tumani “Surxon Xalqobod” massivi «Xalqobod» mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan «Javidbek» MCHJ rahbari Xolov Faxriddin tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jalik xaritasining 63 q-dala konturdagi ball boniteti 58.3 bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan qorovulxona, molxona, oshxona, nasosxona kabi jami 2 ming 552 kv.metr o‘lchamdagi sug‘oriladigan yer maydoniga qurilish qurganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash yuzasidan ogohlantirish xati chiqarilib, ijrosi taʼminlangan.

Shuningdek: Surxondaryo viloyati Angor, Termiz, Muzrabot, Sherobot, Qumqo‘rg‘on tumanlarida faoliyat yuritib kelayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlarida samarali va maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilib, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimliklariga taqdinoma va yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yerlardan oqilona va samarali foydalanishda huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilishi bo‘yicha jami 10 ta holatlarda yuridik va jismoniy shaxslardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ular belgilangan muddatlarda murojaatchilar ishtirokida o‘rganib chiqilib ijobiy xal etildi, zarur holatlarda tushuntirishlar berildi.

Hozirgi kunda yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan Prokuratura hamda IIB tergov bo‘linmalari tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Shuningdek, Inspeksiya vakolati doirasida, viloyatdagi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

A. Tilovov, Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi           

Text to speech