Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida "Joriy yilda suv tanqisligini yumshatish maqsadida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar" mavzusida Matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida yig‘ilganlarga quyidagi maʼlumotlar taqdim etildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10-apreldagi “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 199-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Inspeksiyaning 2021 yil 13 aprelda I-27-sonli buyrug‘i qabul qilinib, markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalarida suvdan foydalanishni tahlil qilish Shtablari tashkil etildi.
“Suv va suvdan foydalanish sohasida qonun ustuvorligini taʼminlash, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va suvdan foydalanish sohasida qonun buzilishi holatlarini oldini olish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda taqdim etish Tartibini tasdiqlash to‘g‘risida” manfaatdor vazirlik va idoralarning qo‘shma qarori qabul qilindi.
2021 yilning yozgi sug‘orish mavsumi uchun suv olish limitlarini har bir foydalanuvchi va isteʼmolchiga taqsimlanib, yetkazilishi hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli yuzasidan shartnomalar to‘liq rasmiylashtirilishi nazoratga olindi.
O‘z navbatida, joriy yilning sug‘orish mavsumi uchun tuzilgan 71 561 ta shartnomalar reyestrida belgilangan tartibda nazoratni taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, shuningdek, tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limlaridan olinishi taʼminlandi.
Suvning hisobi to‘liq yuritilishini nazoratga olish maqsadida esa, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar, suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer, dehqon xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari va boshqalarning suv olish joylarida yuritilayotgan 99 056 ta suvni oldi-berdi jurnallari Inspeksiyaning hududiy organlarida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Inspeksiyani aralashuvi bilan suv yetkazib beruvchi tashkilotlar hisobidagi 484 ta suvni boshqarish vositalari, 373 ta suv o‘lchash vositalari taʼmirlanishi, suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan ishlatilayotgan sug‘orish tarmoqlaridagi 1346 ta suv olish joylari suvni boshqarish, 1006 ta suv olish joylari suv o‘lchash vositalari bilan jihozlanishi taʼminlandi.
Joylardagi suv omborlaridan suv chiqarishni qatʼiy belgilangan rejim asosida amalga oshirilishi nazoratga olindi hamda 14 ta suv omboridan ruxsatsiz suv chiqarish holatlari bartaraf ettirildi.
Suvdan oqilona foydalanishning eng muhim omili bu suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy amal qilish hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib, Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatildi.
Xususan, “O‘zagroinspeksiya” organlari tomonidan hisobot davrida belgilangan tartibda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 5708 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalarini buzish;
1985 ta holatda suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish;
513 ta holatda suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlarini buzish;
430 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini buzish;
632 ta holatda suv obyektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan suv miqdorini dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzish;
356 ta holatda davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish;
1205 ta holatda suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalari buzilganligi aniqlangan.
Shuningdek, 1151 ta holatda suv isteʼmolchilari tomonidan limitdan ortiqcha suv olinganligi, 1200 ta holatda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari tomonidan suv olishga ruxsat etilmagan joylardan, shuningdek, shartnoma tuzmasdan suv olganligi, 750 ta holatda suvdan maxsus foydalanish ruxsatnomasisiz suv olish yoki suvdan foydalanish, 774 ta holatda suvni o‘zboshimchalik bilan egallab olish kabi tartib buzilish hamda 1006 ta boshqa holatdagi qonunbuzilishlar aniqlangan.
O‘z navbatida, 2191 ta holatda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini ko‘llatib sug‘orish, 2757 ta holatda suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga foydalanmasdan tashlab qo‘yilishini joyida bartaraf ettirilishi natijasida o‘rtacha 276,1 mln.m3 suv resurslarini isrof bo‘lishi oldi olingan.
Inspeksiya organlari tomonidan mazkur qonunbuzilishi holatlarini kelib chiqish sabablari o‘rganilib, kelgusida shu kabi qonunbuzilishlarni oldini olish bo‘yicha tegishli tashkilot va korxonalarning masʼul mansabdor shaxslariga 9239 ta ogohlantirish, 1297 ta yozma ko‘rsatma va 371 ta taqdimnomalar kiritildi.
Shuningdek, aniqlangan qo‘pol qonun buzilishi holatlariga nisbatan 3789 ta mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 073 mln. so‘mlik maʼmuriy va 2274 ta 1 167 mln. so‘mlik moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Bundan tashqari, 1206 ta qonun buzilishi holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqishlik uchun Sudlarga kiritilishi taʼminlandi.
Aniqlangan holatlar va ko‘rilgan taʼsir choralari to‘g‘risida muntazam ravishda Respublika ishchi guruhi va shtabiga axborot kiritilishi taʼminlanib kelinmoqda.
Matbuot anjumani so‘nggida jurnalistlar savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati