Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyati: mavsum oldi qishloq xo‘jaligi texnikalari shay holatga keltirilmoqda

1 Fevral 2024 820

Maʼlumki, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ularning aniq ro‘yxatini shakllantirish va mavsum oldi Texnikalar tayyorgarligi bo‘yicha nazoratni amalga oshirish Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ayni paytda, bu borada Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda joriy yil bahorgi dala ishlarida jami 8 ming 228 ta qishloq xo‘jalik texnikalari qatnashishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 990 ta chopiq traktorlari, 990 ta kultivatorlar, 256 ta chigit ekish seyalkalari, 305 ta purkagichlar, 287 ta mineral o‘g‘it sepkichlar, 88 ta yer tekislagichlar, 224 ta chizellar va 5088 ta tishli boronalarni tashkil etadi.

«O‘zagroinspeksiya»ning Toshkent viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanlarda texnikalarning taʼmirlash ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, tegishli amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Texnikalarni taʼmirlash uchun tumanlarda taʼmirlash maskanlari tashkil etilgan. Mazkur maskanlarda mobil taʼmirlash jihozlari (payvandlash apparati, stanoklar va boshq.), taʼminotchi korxonalar tomonidan sifatli ehtiyot qismlar savdosi va taʼmirlash ishlariga jalb etilgan ishchi-xizmatchilar uchun issiq-ovqat va boshqa shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, natijada, Quyichirchiqlik, Bekobod, Bo‘ka va Yuqorichirchiq tumanlarida texnikalarni taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgan, Oqqo‘rg‘on, O‘rtachirchiq, Piskent va Chinoz tumanlarida taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazilmoqda.

Yuqoridagi hududlarda har bir qishloq xo‘jaligi texnikasi taʼmir shartlari to‘liq bajarganligi bo‘yicha qabul qilinib, zarur hollarda, taʼmirga oid kerakli tavsiya va maslahatlar berilmoqda.

R. Shermatov, Toshkent viloyati boshqarmasi Texnika holatini nazorat qilish sho‘ba boshlig‘i 

Text to speech