Ру Ўз O`z En

Yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan holatlar aniqlanmoqda

26 Mart 2024 396

Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi hamda o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lgan holatlar natijasida yetkazilgan zararlarning undirilishi yuzasidan monitoring tahlillari olib borilmoqda.

Jumladan, viloyatning Kattaqo‘rg‘on tumani “Kattaqo‘rg‘on chorvachilik” massivi hududida faoliyat yuritib kelayotgan “APPOLON-LOGISTIKS” masʼuliyati cheklangan jamiyati hisobida bo‘lgan, xo‘jalik xaritasining lalmi 297q-konturidagi 0,04 gektar yer maydonni o‘zboshimchalik bilan kovlab, shundan 148,0 kv.metr yer maydoniga uy-joy va molxona binosi qurilishi ishlarini amalga oshirganligi holatlari aniqlandi.

Ushbu aniqlangan holatlar yuzasidan, Hukumatning 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rinini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 55-bandiga muvofiqO‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorlari aniqlanib, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilindi.

A.Xolbekov, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i        

Text to speech