Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan maqsadli foydalanilishi nazoratda

29 Fevral 2024 885

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan qatʼiy belgilangan maqsadlarda foydalanish ustidan nazorat bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "O‘zagroinspeksiya" ning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirib kelinmoqda

Xususan, “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5742-sonli Farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda yer mutaxassislari tomonidan vakolat doirasida bir qator vazifalar bajarilmoqda.

Xususan, viloyatda yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish holatlari o‘rganib chiqildi.

Jumladan, Yangiyo‘l tumanidagi “Niyozbosh” hududidagi “Universal AgroMCHJ (nomi o‘zgartirilgan) tomonidan sug‘oriladigan yer toifasiga kiradigan 39 ball bonitetli qishloq xo‘jaligi xaritasining 383q-konturidagi 10,15 gektar ekin yer maydonida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 44-moddasiga zid ravishda baliq boqish uchun hovuz kovlash ishlarini olib borishi tufayli, ekin yer maydonining qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqarilishiga sabab bo‘lgan. Buning natijasida jami 6 mlrd. 171 mln. 282 ming so‘m miqdorida zarar hisoblanib, huquqni muhofaza qilish tashkilotlariga taqdim etildi.

Bundan tashqari, ushbu hududdagi sabzavotchilik yo‘nalishdagi “Kelajak saxovati” (nomi o‘zgartirilgan) fermer xo‘jaligi tomonidan qishloq xo‘jaligi xaritasining 383q- konturdan 39 ball bonitetli 1,12 gektar sug‘oriladigan yer maydoni o‘zboshimchalik bilan  baliq hovuzi kovlanganligi oqibatida, yerga 680 mln. 969 ming so‘m miqdorida zarar hisoblanib, huquqni muhofaza qilish tashkilotlariga taqdim etildi.

Shuningdek, ushbu hududdagi g‘alla-sabzavotchilik yo‘nalishdagi “Ulkan LiderMCHJ (nomi o‘zgartirilgan) qishloq xo‘jaligi xaritasining 383k-konturda 39 ball bonitetli 0,12 gektar sug‘oriladigan yer maydoni o‘zboshimchalik bilan  baliq boqish uchun hovuz kovlanganligi oqibatida, yerga 72 mln. 960 ming 980 so‘m miqdorda zarar  hisoblanib, huquqni muhofaza qilish tashkilotlariga taqdim etildi. 

Sh. Axmedov, "O‘zagroinspeksiya"ning Toshkent viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Text to speech