Ру Ўз O`z En

TIL BOR – MILLAT YASHAYDI!

1 Aprel 2021 2783

"Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan eʼtiborni mustaqillikka bo‘lgan eʼtibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni Ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak".

    Sh.M.Mirziyoyev

 Joriy yilning 27 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo viloyat boshqarmasida “Til bor – millat yashaydi” mavzusida o‘quv-seminar tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Nurali Shodiyev ochib berdi.

Foto: O‘zagroinspeksiyanig Sirdaryo viloyat boshqarmasi

Yig‘ilganlarga Guliston davlat universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi dotsenti Ixtiyor Ermatov “Til bor – millat yashaydi”, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi” haqida maʼruza qildi.

Dunyoda 7 mingdan ortiq tillar muomalada bo‘lib, dunyo aholisining 90 foizi 70 ta tilda so‘zlashadi. 200 ta til davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Bugungi kunda dunyoning 50,0 mlliondan ortiq aholisi o‘zbek tilida so‘zlashib, bu tilda so‘zlashuvchilar soni bo‘yicha dunyoda 27-o‘rinda turadi. 6 ta (o‘zbek, turk, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, turkman, uyg‘ur) barqaror turkiy tillardan biri hisoblanadi. O‘zbek tili dunyoning 60 dan ortiq universitetlarida, 200 dan ortiq maktablarida o‘qitiladi.

 Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” haqida tushunchalar berib o‘tildi. Seminar mashg‘ulotida hozirgi kunda isloh etilayotgan “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi” haqidagi ko‘plab savollarga javob berildi.  

Seminar mashg‘ulotida O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari G‘.Usmonov, A.Bekkulov, U.O‘tbosarov va Sh.Maxmudovlar so‘zga chiqib o‘z fikr mulohazalarini bildirishdi.

Mazkur o‘quv-seminar tadbiri savol-javob tarzida o‘tkazilib, seminar qatnashchilari o‘zalarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob oldilar.

O‘zagroinspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

 

Text to speech