Ру Ўз O`z En

TO‘QSONBOSTI EKISH TADBIRLARI AGROINSPEKSIYA NAZORATIDA

3 Dekabr 2021 1535

Mamlakatimizda aholini uzluksiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, bozorlarimizda narx-navo barqarorligi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini davomiy yetkazib berishda TO‘QSONBOSTI usulida ekinlar ekishning ahamiyati katta. Xususan, Navoiy viloyatida 2022 yil hosili uchun fermer xo‘jaliklar tomonidan noyabr- dekabr oylarida ochiq maydon va bog‘-tok qator orasiga jami 1 847 gektar maydonga sabzavot ekish rejalashtirilgan. Ekin ekish uchun yerlarni tayyorlash, sifatli urug‘liklarni tanlash va ekish muddatini kechiktirmaslik bo‘yicha esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan muntazam nazorat o‘rnatilgan. 

TO‘QSONBOSTI ekinlari - piyoz, sarimsoqpiyoz, sabzi va har xil ko‘katlar ekish uchun viloyat bo‘yicha 1 058 gektar yer maydoni ekish uchun tayyorlangan bo‘lib, amalda 978 gektar maydonda sabzavotlar ekilishi taʼminlangan. Shundan 901 gektari bog‘-tok qator orasiga, 78 gektari ochiq maydonga to‘g‘ri keladi.  Jami 1 792 gektar maydonda piyoz ekilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, bugungi kunga qadar 947 gektar maydonga ekish ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek 27 gektarga sedana, 5 gektar maydonga esa ismaloq ko‘kati ekilgan.

Xususan Xatirchi tumanida 504 gektar maydonda TO‘QSONBOSTI ekinlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 273 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz va turli ko‘katlar ekilishi taʼminlandi. Jumladan, tumanning “Oq oltin” hududidagi “Aliyev Abdug‘ani”, “Qosim Rahmatov” hududidagi “To‘xta bobo” fermer xo‘jaliklarining 0,50 sotix bog‘-tok qator oralariga rejaga ko‘ra TO‘QSONBOSTI ekinlari ekilgan.

-  TO‘QSONBOSTI yerdan bir yil davomida takror unumli foydalanish, shu bilan birga daromad manbai hamdir, - deydi “Aliyev Abdug‘ani” fermer xo‘jaligi rahbari A. Aliyev. Yerni tayyorlab, mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirib, piyoz, sarimsoqpiyoz va turli ko‘katlar ekkandik. Hozir sug‘orish va qo‘shimcha oziqlantirish ishlari olib borilyapti. Ekinlarimiz bo‘y ko‘rsatgan. Erta bahorda yetilgan hosilni o‘zimizdan ortganini ichki bozorga olib chiqamiz. Elimiz dasturxoniga sifatli sabzavot ekinlari yetkazib berishimizdan mamnunmiz. Ekinlarni to‘g‘ri parvarishlanishi, sifatli urug‘ tanlanishi borasida “O‘zagroinspeksiyaning tuman bo‘limi xodimlari maslahat va tavsiya berib kelishmoqda.

- Joriy yil tuman bo‘yicha 135 ta fermer xo‘jalik maydoniga TO‘QSONBOSTI ekinlari ekilishi rejalashtirilgan O‘zagroinspeksiyaning Xatirchi tuman bo‘limi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish shuʼbasi katta inspektori Jamoliddin Bobomurodov.- Bu borada muntazam nazoratni olib borilayotganligi, ekishni kechiktirgan, yerlarni o‘z vaqtida tayyorlamagan 22 nafar fermerga ogohlantirish, 8 nafariga esa yozma ko‘rsatma berilishi taʼminlanib, ekish ishlarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatilganligi to‘g‘risida gapirib berdi.   

TO‘QSONBOSTI usulida sabzavot ekish ishlari tumanlar kesimida tahlil qilganda, Navbahor tumanida 262, Qiziltepada 247, Karmanada 146, Konimexda 26, Nurota tumanida esa 24 gektar maydonga ekinlari ekilganligi aniqlangan. Bu esa barcha hududlarda rejaning 50-60 foizi bajarilganini ko‘rsatadi. Sabzavot ekinlari ekish ishlarini to‘liq bajarilishi borasida Inspeksiyaning barcha tuman bo‘limlari tomonidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Shu bilan birga fermer xo‘jaligi rahbarlariga zarur tavsiyalar berilib, amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. 

 O‘zagroinspeksiya” Navoiy viloyat boshqarmasi Matbuot xizmati

 

Text to speech