Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyati: paxta terish mashinalarining samarali ishlashi nazoratda

27 Sentyabr 2022 1427

"O‘zagroinspeksiya" hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning 2022 yil 2 - yarim yilligiga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasi 8-bandida 2022 yil paxta yig‘im-terim ishlarida qatnashadigan paxta terish mashinalari, transport traktorlari va tirkamalarini mavsumga tayyorlash ustidan nazorat olib borish belgilangan.

Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan tuman hokimliklari, tuman IIB hamda tuman «Agroservis MTP» MCHJlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda joriy yil paxta yig‘im-terim ishlarida qatnashadigan paxta terish mashinalari, transport traktorlari va tirkamalarini mavsumda to‘xtovsiz va samarali ishlashi nazoratga olingan.

Shuningdek, viloyatda 72 ming 161 gektar paxta ekilgan bo‘lib, mazkur hosillarni nobud qilmasdan yig‘ib olish uchun jami 164 dona, shundan 79 dona “Keys” rusumli, 10 dona «John Deere» rusumli va 75 dona «MX-1,8» rusumli paxta terish mashinalari qatnashishi rejalashtirilgan.

 Toshkent viloyatida 2022 yil paxta hosilini yig‘im-terim ishlari avvalgi yillarga nisbatan jadal ravishda tashkillashtirilgan. Jumladan, Quyichirchiq tumanida faoliyat yuritib ketayotgan "TCT Agro sluster" MCHJ hududida joriy yil hosili uchun Paxta-yig‘im terimini yuqori unumli 25 dona “Case”420 paxta terish mashinalari paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan terib olishda qatnashayotgan bo‘lsa, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani "Abs Oqqo‘rg‘on agroklaster" MCHJ tomonidan 10 dona “John Deere” rusumli yuqori unumli paxta terish mashinalari olib kelindi va bugun ushbu kombaynlar tumanning 2-sektor hududidagi "Abdumalik Sharifjon" fermer xo‘jaligining paxta maydonida ish boshladi.

Paxta terish mashinalaridan to‘g‘ri foydalanish va texnik sozligi Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi texnika xolati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish sho‘basi tomonidan nazoratga olingan.

R. Shermatov, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi  Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori

Text to speech