Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyatida 2022 yil paxta yig‘im terimiga 114 ta paxta terish mashinalari qatnashishi rejalashtirilgan

12 Avgust 2022 1656

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan joriy yilning 2022 yil 2 - yarim yilligiga mo‘ljallangan Qo‘shma tadbirlar rejasining 8 - bandida 2022 yil paxta yig‘im-terim ishlarida qatnashadigan paxta terish mashinalari, transport traktorlari va tirkamalarini mavsumga tayyorlash ustidan nazorat olib borish belgilangan.

Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan tuman hokimliklari, tuman IIB hamda tuman «Agroservis MTP» MCHJlar bilan hamkorlikda muntazam ravishda joriy yil paxta yig‘im-terim ishlarida qatnashadigan paxta terish mashinalari, transport traktorlari va tirkamalarini mavsumga tayyorlash nazoratga olingan.

Toshkent viloyatida joriy yil paxta terim ishlarida jami 2188 dona shundan, 606 ta transport traktorlari va 1314 ta traktor tirkamalari hamda defoliatsiya ishlarida qatnashadigan 268 purkagichlarni taʼmirlash maskanlarida yig‘ish va taʼmirlash belgilangan.

Shuningdek, viloyatda 72 ming 161 gektar paxta ekilgan bo‘lib, mazkur hosillarni nobud qilmasdan yig‘ib olish uchun jami 114 dona, shundan 79 dona “Keys” rusumli, 10 dona “John Deere” rusumli va 25 dona “MX-1,8” rusumli paxta terish mashinalari qatnashishi rejalashtirilgan.

 Paxta terish mashinalarini taʼmirlash saroylariga yig‘ish va taʼmirlash ishlari o‘rganilib, birinchi navbatda texnikalarni taʼmirlash uchun maskanlarda zarur shart-sharoitlar, taʼmirlovchi mexanizator hamda usta chilanganlarga, injener va texnik xodimlarga issiq ovqat tashkil etilganligi, temirchilik sexlari, ko‘mir, payvandlash apparati, stanoklar, yuvinish xonalari va boshqalar bilan taʼminlanishi Inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.

Bugungi kunda viloyatning barcha tumanlarida 2022 yil paxta terim ishlarida qatnashadigan texnikalarini taʼmirlash ishlari borishi va sifatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

H.Nurboboyev, "O‘zagroinspeksiya" ning Toshkent viloyat boshqarmasi Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi katta inspektori       

Text to speech