Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyatida g‘alladan bo‘shagan 78 ming 996 gektar yer maydoniga takroriy ekin ekilmoqda

6 Iyul 2022 1241

Respublikada sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanish, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarda serdaromad va eksportbop qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib berish hamda aholi bandligini taʼminlash, ularning daromadlarini oshirish tadbirlarini tizimli tashkil qilish har bir masʼul uchun muhim masala hisoblanadi.

Joriy yilda Toshkent viloyatida ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan 78 ming 996 gektar maydonlarga takroriy ekinlar ekilishi rejalashtirilgan.

Bu yil mirishkor dehqonlar tomonidan mavjud 103 ming 845 gektar yer maydonida yetishtirilgan g‘allani nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takororiy ekin ekish ishlarini o‘z muddalarida yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.

Aholini arzon, sifatli, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan maydonlar peshma-pesh shudgorlanib, takroriy ekin ekilyapti. Viloyatning 14 tumanidagi fermer xo‘jaliklarining ertaki ekinlardan va g‘alladan bo‘shagan 78 ming 996 gektar yer maydonlariga takroriy ekin ekish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.

Shu kunga qadar viloyat bo‘yicha jami 65 ming 720 gektar, shundan 6 ming 400 gektar yer maydonida sabzavot, 2 ming 519 gektarda kartoshka, 34 ming 725 gektar dukkakli ekinlar, 5 gektar don uchun makkajo‘xori hamda 19 ming 741 gektar yerda ozuqa ekinlari ekilishi yakuniga yetkazildi.

Shuningdek, Chinoz, O‘rtachirchiq, Toshkent, Zangiota tumanlarining g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga kartoshkaning Arizona, Monten-Karlo, Monreal, Toronto, Konstans, Pikasso, Esmi, Syalvana, Fontang va Artimis navlari ekiladi. Dukkakli ekinlarni, ayniqsa, mosh, loviya ekishda ekishning sochma usulidan foydalanilyapti.—deydi “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi bosh inspektori Sh. Usubaliyev.

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, takroriy ekinlarni o‘z vaqtida ekilishi yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlari tomonidan joylarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

"O‘zagroinspeksiya" Toshkent viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

 

Text to speech