Ру Ўз O`z En

Suv resurslarini boshqarish va hisobga olish vositalari doimo soz holatida bo‘lishi zarur

24 May 2023 1702

Belgilangan chora-tadbirlarga ko‘ra, “O‘zagroinspeksiya” va uning hududiy boshqarmalari hamda tumanlar bo‘limlari tomonidan sunʼiy suv obektlaridagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini yuritishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatilgan.

Xususan, 2023-yil yozgi sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi to‘liq va to‘g‘ri yuritish maqsadida suvning jami 80 ming 214 ta kundalik hisob jurnallari , shundan 16 ming 953 tasi suv xo‘jaligining foydalanuvchi tashkilotlari hisobidagi suv olish joylarida hamda suv xo‘jaligining maxsus xizmatlari bilan  63 ming 261 ta suv isteʼmolchilari o‘rtasida yuritilayotgan suvning kundalik hisob jurnallari Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari hamda tumanlar bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilib, yuritilishi nazoratga olindi.

Belgilangan tartibda joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlarda suv isteʼmolchilari tomonidan 3 ming 909 ta kamchilikka yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Shundan, 275 ta holatda suvni shartnomasiz, 298 ta yozma buyurtmanomasiz,  90 ta holatda maxsus ruxsatnomasiz, 397 ta holatda suvning hisobini jurnallarda qayd qilmasdan olish, 551 ta holatda suvni qabul qiluvchi isteʼmolchining imzosisiz, 413 ta suv berish joylarida suv o‘lchov ishlari o‘tkazilmaganligi,  406 ta holatda suvni yetkazib berish va qabul qilishda ikki tomonlama oylik dalolatnoma rasmiylashtirilmagan, 592 ta holatda suv olish joylarini suvni boshqarish va 636 ta hisobga olish vositalari bilan jihozlanmagan joylardan hamda 251 ta holatda ruxsat etilmagan joylardan noqonuniy ravishda suv olinganligi aniqlanib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

O‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 451 ta (154,9 mln.so‘m) maʼmuriy, 101 ta (55,8 mln.so‘m) jarima sanksiya qo‘llanildi. 35 ta holatda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qilish organlariga kiritilishi taʼminlandi.

O‘z navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida 3 ming 617 ta yozma ko‘rsatma va 117 ta taqdimnomalar kiritildi, 2 955 ta holat bo‘yicha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.

Bugungi kunda, suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlamasdan shuningdek, suv olishga ruxsat etilmagan joylardan suv olganligi uchun belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanilishi to‘g‘risida joylarda suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.  

“O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni va agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech