Ру Ўз O`z En

XORАZMDА TEXNIKАLАRNI MАVSUMGА TАYYoRLАSh QIZGʼIN PАLLАDА

8 Yanvar 2021 2146

“Oʼzagroinspektsiya” Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Xorazm viloyatida bahorgi dala ishlariga tayyorgarlik koʼrish va mavjud qishloq xoʼjaligi texnikalarini taʼmirlash ishlariga bagʼishlangan koʼrgazmali oʼquv seminarlari tashkil etilmoqda.

 

Bugungi kunda viloyatda 378 ta chopiq traktori, 991 ta chigit ekish seyalkasi, 1837 ta kulьtivatorlar, 3913 ta tishli-barona, 1722 ta mola-borona mavjud boʼlib, tumanlardagi Mashina traktor parklarida taʼmirlashga tortilmoqda.

“Inspektorlar tomonidan, shay holatga keltirilgan chopiq traktorlari, kulьtivatorlar, chigit ekish seyalkalari va boshqa qishloq xoʼjaligi texnikalarining qay darajada sifatli taʼmirdan chiqarilganligi koʼzdan kechirilmoqda. Bunda eski ehtiyot qismlarining yangisiga almashtirilganligi, nosoz holatga kelgan detallardagi kamchiliklar bartaraf etilgani, texnikalarning yuz qismida boʼyoqlash ishlarining amalga oshirilgani kabilarga eʼtibor qaratilmoqda” – deydi, "Oʼzagroinspektsiya" viloyat boshqarmasi Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish boʼlimi bosh inspektori F. Rahmonov.

Viloyatdagi chopiq traktorlari, chigit ekish seyalkalari, kulьtivatorlar, tishli-baronalar, chizel va molalarining tuman MTP lariga tortilishi hamda taʼmirlanishi “Oʼzagroinspektsiya” inspektorlari tomonidan toʼliq nazoratga olingan.

“Oʼzagroinspektsiya” viloyat boshqarmasi Аxborot xizmati

Text to speech