Ру Ўз O`z En

2022 yilda g‘o‘za defoliatsiyasidagi kamchiliklar yuzasidan 15 mingga yaqin ogohlantirish xatlari berilgan

9 Sentyabr 2022 1058

Hukumatning 2022 yil 13 avgustidagi “2022-yilda g‘o‘za defoliatsiyasini o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoniga asosan, joriy yilda 890 ming gektar yoki umumiy g‘o‘za maydonlarining 86,1 foizida defoliatsiya tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, hududlarning ob-havo sharoiti va g‘o‘zaning biologik pishib yetilishini inobatga olib, g‘o‘za maydonlarida 65-70 foiz ko‘sak ochilganda va maydonlarning holatidan kelib chiqib, defoliatsiya tadbirini tabaqalashtirib, defoliatsiyani qo‘llash meʼyorlariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi lozim bo‘ladi.

Mazkur yig‘ilish bayonida O‘zagroinspeksiyaga g‘o‘za defoliatsiyasini sifatli o‘tkazilishi, defoliantlarni qo‘llash meʼyorlariga rioya etilishi va defoliatsiyaning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar g‘o‘za defoliatsiyasi tadbirida ishtirok etadigan barcha traktorlar, purkagich va suv tashish  sig‘imlarini taʼmirdan chiqarilishini va dalolatnoma asosida qabul qilinish ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Joriy yilda g‘o‘zani defoliatsiya qilish uchun jami 2,3 ming tonna defoliantlar talab etilishi belgilanib, hozirda hududlarda 108 foiz defoliantlar zaxirasi yaratildi.

Shu bilan birga, bu yilgi defoliatsiya mavsumiga 3 866 dona OVX purkagichlar jalb etilib,  bugungi kunda 790 580 gektar yoki 89 foiz maydonlarda defoliatsiya tadbirlari o‘tkazildi.  O‘zagroinspeksiyaning markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tuman bo‘limlari tomonidan, joylarda g‘o‘za defoliatsiyasini sifatli va defoliantlarni qo‘llash meʼyorlariga rioya etilib o‘tkazilishi ustidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, hududlarda g‘o‘za defoliatsiyasi bo‘yicha 576 278 gektar g‘o‘za maydonlarida nazorat tadbirlari o‘tkazilib, shundan 10 134 ta fermer xo‘jaliklarining 162 492 gektar maydonlarida xato-kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf qilish va ularni kelgusida takrorlanishini oldini olish yuzasidan, fermer xo‘jaliklariga va klaster korxonalariga 14 847 ta ogohlantirishlar berildi.  

Hududlarda g‘o‘za defoliatsiyasini uyushqoqlik bilan tashkil qilinishi va sifatli o‘tkazish bo‘yicha Inspeksiya tomonidan mavsum davomida nazorat tadbirlari o‘tkazib boriladi.

"O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech