Ру Ўз O`z En

Davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-ahloq qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi

16 Noyabr 2022 1615

Hukumatning 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatini davlat organi va tashkilotlarida targ‘ib qilish yuzasidan Toshkent davlat agrar universitetining tadbirlar zalida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda "O‘zagroinspeksiya" va uning tizim tashkilotidan 70 nafardan ortiq masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Bundan tashqari agrosanoat tizimi bilan bog‘liq 10ga yaqin turli vazirlik, qo‘mita va agentliklar xodimlari bilan birga jami 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

O‘quv seminarini Аdliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov kirish so‘zi bilan ochib berib,  Qaror ijrosini so‘zsiz taʼminlash yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi vazifalar xususidagi maʼruza qildi. Shundan so‘ng, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari so‘zga chiqib, kasbiy madaniyat, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqari, shuningdek tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid umumiy odob-axloq qoidalari to‘g‘risida fikr yuritishdi. Tadbir ishtirokchilari seminar davomida o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan murojaat qildilar.

"O‘zagroinspeksiya"da ham Hukumatning 595-son VMQ ijrosini taʼminlash yuzasidan Inspeksiya boshlig‘ining 2022-yil 19-oktyabrdagi 98-um-sonli "O‘zagroinspeksiya" tizimida davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-ahloq qoidalarini tasdiqlash haqida"gi buyrug‘i qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy munosabatlar, xizmat faoliyatida va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorining asosiy qoidalari belgilab berilgan.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech