Ру Ўз O`z En

G‘o‘zani mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari Agroinspeksiya tomonidan monitoring qilinmoqda

5 Iyul 2022 1407

Joriy yilda Respublika hududlarida 1 mln 34 ming 223 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda.

Bugungi kunda g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazayotgan yaʼni kultivatsiya va chuqur yumshatish, dalani begona o‘tlardan tozalash hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hamda sug‘orish ishlarini sifatli amalga oshirgan klaster va fermerlarning dalasida g‘o‘za barqaror rivojlanayotganligini kuzatish mumkin.

Inspeksiya tomonidan joylarda o‘tkazilgan monitoringlar davomida, bugungi kunda g‘o‘za maydonlarining 168,7 ming gektari yoki 16,3 foizi gullash, 340,4 ming gektari yoki 33 foizi 1-2 ko‘sak, 327 ming gektari yoki  32 foizi 3-4 ko‘sak va 197,8 ming gektar yoki 19 foiz 5-6 ko‘sak fazasida rivojlanayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Shu bilan birga, g‘o‘za maydonlarining qator oralari 19939 dona kultivatorlar yordamida 6,6 marta ishlov berilib, chopiq qilish ishlari

5,6 marta, shuningdek, 880 ming gektar yoki 84 foiz 1-sug‘orish hamda 245 ming gektar yoki 23,7 foiz maydonda 2-sug‘orish hamda 5510 dona purkagichlar bilan 4,8 marta g‘o‘zani bargidan oziqlantirish ishlari amalga oshirilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, paxtadan yuqori hosil olish va yuqori daromadni ko‘zlagan fermer xo‘jaliklari, bugungi kunda azotli o‘g‘itlarning o‘rtacha yillik meʼyorining asosiy qismi bilan g‘o‘zani oziqlantirilganligi yaxshi natija bermoqda.

Jumladan, Respublika hududlarida g‘o‘zani oziqlantirish uchun mavsum davomida talab etilgan 775 ming 223 tonna azotli o‘g‘itlarning (fizik holda) hozirda 638 ming 755 tonnasi, shuningdek bir gektar g‘o‘za maydoniga beriladigan o‘rtacha 750 kg yillik meʼyorning, 618 kilogrammi yoki 82 foizi g‘o‘zaga berilgan.

Ayni paytda, hududlarda g‘o‘za maydonlari qariyb ikki marta oziqlantirilib, hozirda 49 foiz maydonda uchinchi oziqlantirish ishlari amalga oshirilgan.  

Yuqoridagi g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi g‘o‘zani bir xilda rivojlanishini taʼminlab, ko‘zlangan hosilni olish imkoniyatini yana-da oshiradi.

Inspeksiya tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida aniqlanishicha g‘o‘za maydonlarida amalga oshirilayotgan samarali agrotexnik tadbirlar bilan birgalikda, bir qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va kelgusida ularning oldini olish yuzasidan fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalariga jami 8152 ta ogohlantirishlar berilib, tegishli taʼsir choralar belgilandi. 

"O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi 

Text to speech