Ру Ўз O`z En

Inspeksiya qoshidagi Markazga Jahon banki vakillari tashrif buyurdi

2 Aprel 2021 1689

Joriy yilning 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi vakillari hamda xalqaro ekspert Dr. Amir Xumoyun Malik (Dr.Amir Humayun Malik) Agroinspeksiya huzuridagi "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi"ning urug‘chilik yo‘nalishidagi "Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash markaziy laboratoriyasi”ga tashrif buyurdi.

Markazning urug‘chilik yo‘nalishidagi laboratoriyalarini tubdan modernizatsiya qilish yuzasidan Jahon banki tomonidan ajratilgan 4 mln AQSH dollari mablag‘lari hisobiga xarid qilinadigan o‘lchov vositalari va sinov qurilmalari ro‘yxatini qayta shakllantirish va 2021 yilning yakuniga qadar xarid qilinishiga kelishib olindi.

Uchrashuv chog‘ida, xalqaro ekspert Dr. Amir Xumoyun Malik (Dr.Amir Humayun Malik)ga Markazning “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash markaziy laboratoriyasi” hamda unda olib borilayotgan sinov jarayonlari bilan tanishtirildi.

Xalqaro ekspert bilan laboratoriya xodimlari o‘rtasida savol-javoblar o‘tkazildi.

Loyiha bo‘yicha navbatdagi uchrashuvda joriy yilning 8-9 aprel kunlari Markazning urug‘chilik yo‘nalishidagi laboratoriyalarini modernizatsiyalash yuzasidan taqdimot o‘tkazishga kelishib olindi.

@agroxizmat.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech