Ру Ўз O`z En

Inspeksiya tomonidan o‘tgan chorak davomida ikki yarim mingga yaqin texniklar davlat ro‘yxatiga olindi

4 Aprel 2024 581

Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yuqori unumli mashinalar va texnika vositalari bilan taʼminlash borasida bir qator davlat dasturlari va qarorlar qabul qilinib ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha yirik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Islohotlar samarasi o‘laroq, yildan- yilga qishloq xo‘jaligi sohasida eng katta kuchlardan sanalgan texnikalarning so‘ngi avlodi shakllanmoqda. Soha yangi, zamonaviy, unumdor texniklar bilan boyimoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zagroinspeksiya” faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, Inspeksiyaga idoraviy bo‘ysunuvi va mulk shakllaridan qatʼiy nazar traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikasi, o‘ziyurar mashinalar hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari sonining hisobini yuritilishi, saqlanishi va hisobdan chiqarish, davlat ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, davlat raqami belgisi, texnik pasport va texnik guvohnoma berish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.

Xususan, 2024-yilning 1-choragi mobaynida “O‘zagroinspeksiya” tomonidan 2,4 mingta yangi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, bu o‘tgan yilning 1-choragiga (520 ta) nisbatan 126,3 foizga, 2022-yil 1-choragiga  (750 ta) nisbatan 145,7 foizga ko‘p demakdir..

Eʼtiborli jihati, ushbu texnikalarning barchasini zamonaviy resurs-tejamkor texnikalar tashkil etadi.

Texnikalarning ro‘yxatga olish sonining jadallik bilan o‘sishi sohada raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali texnikalarni ro‘yxatga olish vaqtining va talab etiladigan hujjatlarni qisqarishi, shuningdek, texnikalar ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkilotlarida xaridorlarga sotilgan yangi texnikalarga “Hisob-maʼlumotnoma” berish amaliyotining joriy etilishi bunga zamin bo‘lib hizmat qilmoqda.

Yana bir eng asosiy omillardan biri bu – mamlakatimizda yangi texnikalarni olib kirishda bojxona imtiyozlari qo‘llanilishi va yangi texnika sotib olganda subsidiyalar beriliyotganligidir.

Joriy yilning 1-choragida ro‘yxatga olingan texnikalar soni quyidagicha. Jumladan;

Ø Haydov traktorlar – 432 ta;

Ø Chopiq traktorlar – 255 ta;

Ø Transport traktorlar – 504 ta;

Ø G‘alla o‘rish kombaynlar – 11 ta;

Ø Paxta terish mashinalar – 49 ta;

Ø Mini traktorlar – 140 ta;

Ø Traktor tirkamalari – 89 ta;

Ø Lazerli yer tekislagichlar – 166 ta;

Ø Qishloq xo‘jaligi agregatlari – 218 ta;

Ø Ekskavatorlar – 142 ta;

Ø Buldozerlar – 36 ta;

Ø Asfalt yotqizgichlar – 11 ta;

Ø Katoklar – 85 ta;

Ø Boshqa texnikalar – 307 tani tashkil  etmoqda.

Inspeksiyaning Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech