Ру Ўз O`z En

Jizzaxda defoliatsiya tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

15 Avgust 2022 1018

Joriy yilning 27 iyul kuni Prezidentimiz rahbarligida paxtachilikdagi dolzarb vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda g‘o‘zani parvarishlash va hosildorlikni taʼminlash ishlarini barcha hududlarda sifatli amalga oshirish bo‘yicha «Dolzarb 30 kunlik» eʼlon qilingandi.

Hosilga hosil qo‘shish oyida Jizzax viloyatining paxtachilik tumanlarida ham g‘o‘za parvarishidagi har bitta agrotexnik tadbirlarga jiddiy eʼtibor qaratilib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar Inspeksiya tomonidan nazorat qilib borilmoqda. Maqsad esa bitta. Yuqori hosildorlikni taʼminlash orqali paxtadan mo‘l hosil olish.

Shunga asosan, Do‘stlik tumanida ko‘rgazmali seminar tashkil etilib, unda asosiy bosh mavzusi g‘o‘za maydonlarini defoliatsiya qilish ishlariga tayyorgarlik ishlarini borishi masalasi bo‘ldi.

Viloyat hokimligi, “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va uning tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarini defoliatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rish, xususan OVX purkagichlarini taʼmirlash, defoliantlar zaxirasini yaratish, ishchi eritma tayyorlash maydonchalarini tashkil qilish hamda defoliatsiyani sifatli o‘tkazilishini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek seminarda joriy mavsumda viloyatda 77 ming 900 gektar g‘o‘za maydonlarining 70 ming 760 gektarida defoliatsiya tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilganligi aytib o‘tildi.

Shuningdek, seminarda defoliatsiya tadbirlari uchun talab etiladigan defoliantlar zaxirasining yaratilishi va ularni qo‘llashdagi meʼyoriy talablar to‘g‘risidagi maʼlumotlar ham yig‘ilganlar eʼtiboriga havola qilindi. Taʼkidlanishicha, bugungi kunda viloyat bo‘yicha 68 ming 120 gektar maydon uchun 254 tonna “Super XMD”, “Defoliant original”, “Redfire”, “Def Ultra”, “Pro Ultra” va “Agro Avgurum extr”a defoliantlari zaxirasi yaratilgan.

Seminarda defoliatsiya tadbirlari bo‘yicha masʼul rahbarlarning axborotlari tinglanib, mavsumda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

 

O‘zagroinspeksiyaning Jizzax viloyat boshqarmasi axborot xizmati

Text to speech