Ру Ўз O`z En

Kelgusi yil hosili uchun bugundan tayyorgarlik

13 May 2022 1467

Urug‘lik don yetishtirish qishloq xo‘jaligi rivoji, umuman, yurtimiz iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Katta tajriba, mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilgan urug‘lik don fermer xo‘jaligi uchun daromad manbasi bo‘lish bilan birga kelgusi yil hosili mo‘l bo‘lishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Joriy yilning 11 may kuni bo‘lib o‘tgan Prezident huzurida g‘allachilikdagi islohotlarning eng muhim bosqichiga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu masalaga alohida eʼtibor qaratildi.

Don va dukkakli ekinlar ilmiy tekshirish institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida o‘tkazilgan “Urug‘lik g‘alla maydonlarida aprobatsiya ishlarini tashkil etilishi” mavzusidagi ko‘rgazmali seminarda ham shu haqda so‘z bordi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 2021 yili namanganlik fermerlar tomonidan ichki imkoniyatlardan ortgan 1100 tonnadan ziyod urug‘lik bug‘doy boshqa viloyatlardagi fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan edi. Shu bilan birga Rossiya Federatsiyasidan bizning iqlim va tuproq sharoitiga mos keluvchi super elita urug‘lari olib kelinib, sifatli urug‘lik olish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

-  Joriy yilda Namangan viloyatidagi 2022 yil hosili uchun tender tanlovidan o‘tgan urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqini qo‘lga kiritgan 203 ta fermer xo‘jaliklari, ilmiy tadqiqot institutlari, klasterlar va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi DMga qarashli elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 5000 gektar maydonlarda urug‘lik g‘allaning belgilangan agrotexnik tadbirlarga qatʼiy amal qilinishi bo‘yicha doimiy ravishda “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan dala kuzatuvi monitoringlari va muntazam nazorat tadbirlari olib borildi. Ushbu jarayonda  ayrim fermer xo‘jaliklarining urug‘lik g‘alla maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlar to‘g‘ri olib borilmaganligi, begona o‘t va begona navlarning meʼyoridan ko‘pligi, o‘tmishdosh ekini g‘alla bo‘lgan joylarga urug‘liklarni noto‘g‘ri joylashtirish oqibatida 287 gektar urug‘lik g‘alla maydonlari va 1116 tonna yetishtiriladigan urug‘lik don yaroqsiz deb topildi – deydi biz bilan suhbatda “O‘zagroinspeksiyaning Namangan viloyati boshqarmasi bosh inspektori N. Isomiddinov

Tadbir davomida viloyat hokimligi mutasaddilari tomonidan aprobatsiya ishlarini belgilangan tartibda tashkil etish, qisqa muddatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, urug‘lik g‘allani alohida ajratilgan kombaynlar yordamida o‘rib olish, qayta ishlash korxonalarida urug‘likni qabul qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

"O‘zagroinspeksiya” Namangan viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati

Text to speech