Ру Ўз O`z En

Kuzatilgan davomli yomg‘irlarning boshoqli don ekinlariga taʼsiri va agrotexnik tadbirlar ( Maqola)

28 Mart 2022 2964

Bug‘doy dunyo aholisining hayot kechirishida eng zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekini hisoblanib, Jahonda yetishtirilayotgan bug‘doyning 75% i oziq-ovqat mahsulotlari sifatida, 15% i chorva uchun, 10% i esa urug‘lik maqsadlarida ishlatiladi.

Mamlakatimizda ham yetishtirilayotgan boshoqli don ekinlaridan yuqori va sifatli mo‘l hosil olish aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashi bilan birga xalq xo‘jaligining samarali rivojlanishiga olib keladi.

Shu sababli respublikada bo‘yicha 2022 yili g‘alla hosili uchun g‘allachilik bilan shug‘ullanayotgan jami 201 klasterlar,35 ming 800 fermer xo‘jaliklari tomonidan 1 mln. 30 ming gektardan ortiqroq suvli maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlarining 56 ta seleksion navlaridan Alekseeich, Asr, Grom, Bobur, Davr, Vassa, G‘ozg‘on, Antonina, Bunyodkor, Bezostaya-100, Durdona, Vexa va boshqa navlar ekilib parvarishlanmoqda.

Xususan respublika kuz va qish mavsumida havoning quruq va iliq kelishi hududlarda yillik yog‘ingarchilik miqdori juda kam bo‘lganligi hisobiga, boshoqli don ekinlari o‘sishdan to‘xtamadi va aksariyat kech ekilgan maydonlarda xam to‘liq ko‘chat olishga erishildi.

Shuningdek erta bahorgi g‘allaning mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish ishlari ham o‘z muddatlarida belgilangan me’yor asosida amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramasdan, respublikaning aksariyat hududlarida suv zaxiralarining kamligi hisobiga g‘allaning peshma-pesh sug‘orish ishlari kechikmoqda edi.

G‘allaorol agrometeorologiya stansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra 2021-2022 qishloq xo‘jalik yilida ob-havo sharoitlari kuz va qish oylarida qurg‘oqchil bo‘lib, yog‘ingarchilik miqdori fevral oyigacha 98,6 mm ni tashkil qilib o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan -100 mm kam bo‘lganligini ko‘rsatgan.

Biroq, joriy yilda suv tanqisligi kuzatilayotgan bir vaqtda mart oyidagi davomli yomg‘irlar 2022 yil 05 martdan 25 mart kuniga qadar 160, 4 mm ni tashkil etib, jami yillik 259,0 mm tashkil etishi va bu o‘rtacha ko‘p yillik miqdor (239,4 mm) 21,4 mm ko‘p bo‘lganligi sababli g‘alla maydonlariga juda ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi (G‘allaorol agrometeorologiya stansiyasi ma’lumoti).

Birinchidan joriy yilning 25 mart kuniga qadar 160 mm dan ortiq tushgan yog‘ingarchilik miqdori g‘alla maydonlarini gektariga 1200-1400 m3 hisobida (bir marta suv sarfi 600-700 m3) bu esa yerni namlanishi hisobiga ikki marta sifatli sug‘orishga teng bo‘lgan suvni iqtisod qilinishiga olib keldi;

Ikkinchidan g‘alla maydonlar yomg‘irlar orqali sug‘orilishi evaziga solingan mineral o‘g‘itlarning eroziyaga uchramasdan samaradorligi keskin ortib, g‘alla maysalari o‘g‘itlarni o‘zlashtirish hisobiga jadal o‘sishiga imkon yaratdi;

Uchinchidan normal havo haroratida (+10+150S) yog‘ingarchilikning davom etishi g‘allaning ildiz tizimi tuproqdagi oziq moddalardan intensiv foydalanib chuqur o‘sishi hisobiga, g‘alla maysalarida tuplanish darajasi oshib mahsuldor poyalar sonini 2-3 ta tupga ko‘payib kelgusida yuqori hosil olishini ta’minlaydi;

To‘rtinchidan davomli yomg‘irlar g‘alla maydonlarini sug‘orishga sarflanadigan suvlarini tejalishi natijasida suv omborlariga yillik iste’mol uchun suv zaxiralari yig‘ilishi va boshoqli don ekinlaridan tashqari, bog‘lar va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari parvarishlashga zamin yaratdi.

Bu esa o‘z navbatida mirishkor dehqonlarimiz tomonidan parvarishlanayotgan g‘allaning rivojlanishiga, o‘suv davrining uzayishiga, o‘simlik vegetativ massasining oshishining samarasi o‘laroq g‘alla maydonlardan yuqori hosildorlik olishga olib kelmoqda.

Shuni unutmasligimiz kerakki, ko‘p yillik kuzatuvlarga ko‘ra bahor oylarining seryog‘in kelgan yillari g‘allazorlarda zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar faol rivojlanishiga zamin yaratadi.

Jumladan, zamburug‘li kasalliklar (sariq va qo‘ng‘ir zang, un shudring, septarioz, ildiz chirish) ayniqsa sariq zang kasalligi g‘alla zorlarga talafoti yuqori bo‘lib 130S da qulay o‘sadi va 230S gacha davom etadi hamda havo harorati 15-25 daraja bo‘lganda esa qo‘ng‘ir zang kasalligi keng tarqalishiga sharoit yaratiladi hamda erta bahordagi yetarli namlik va nisbatan issiq ob-havo g‘allazorlarda begona o‘tlarning jadal rivojlanishiga olib keladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib “O‘zagroinspeksiya” hamda sohaning tegishli vazirlik idoralari bilan hamkorlikda respublikamizdagi g‘alla maydonlaridan yuqori hosil olish maqsadida g‘allaning zang va boshqa kasalliklarga, begona o‘tlarga hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi kimyoviy kurashish bo‘yicha profilaktik ishlov berish ishlari o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olinadi.

Sh.Xayitov, Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i                                                                  

 

 

Text to speech