Ру Ўз O`z En

MEHNATI QADRLI SOHA FIDOYILARI

9 Dekabr 2022 1036

2022-yil 9-dekabr kuni «O‘zagroinspeksiya»da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi hamda "Qishloq xo‘jaligi xodimlari" kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Inspeksiya boshlig‘i Abrol Vaxabov ochib, mamlakatimiz Bosh qomusi -Konstitutsiyamiz davlatimizning huquqiy asosi, ozod va obod hayotimiz shahodati ekanligi, shuningdek, agrar soha xodimlarining mashaqqatli va masʼuliyati mehnati orqali mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdi.

“Aytish joizki, biz faoliyat yuritayotgan qishloq xo‘jaligi sohasi har faslda, har qanday sharoitda katta mehnat va iroda talab qiluvchi sohadir. Albatta, xalqimizning farovon hayoti, xirmonu hosilning mo‘lligi, bozor rastalaridagi xilma-xil neʼmatlarning hozir ekanligi amalga oshirayotgan mashaqqatli vazifalarimizdan faxr tuyishimizga sabab bo‘ladi", – deb taʼkidlab o‘tdi Inspeksiya boshlig‘i A. Vaxabov.

Shundan so‘ng, Isnpeksiya faoliyatida qonun ustuvorligini taʼminlash, aholi hamda xodimlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va tashviqot ishlarini aʼlo darajada amalga oshirayotganliklari uchun bir guruh xodimlar “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” ko‘krak nishoni hamda qishloq xo‘jaligi sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotganligi uchun “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi”, "Suv xo‘jaligi aʼlochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

Foto suratlar

«O‘zagroinspeksiya» Axborot xizmati

Text to speech