Ру Ўз O`z En

NAVOIY: Jamoatchilik vakillari mavsumda Inspeksiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar

2 Aprel 2024 525

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi hamda «O‘zagroinspeksiya»ning Navoiy viloyati boshqarmasi hamkorligida jurnalist va blogerlar uchun “Paxta hosili uchun urug‘lik chigitning saqlanishi, tarqatilishi hamda bahorgi chigit ekish tadbirlarini uyushqoqlik bilan o‘tkazilishi Inspeksiya nazoratida” mavzusida Qiziltepa tumaniga press-tur tashkil etildi.

 

Boshqarma va uning hududiy bo‘limlarida ayni kunlarda agrotexnik tadbirlar,qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi va qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlardan foydalanish ishlarini nazorat qilish tizimda qay darajada amalga oshirilayotgani haqida mutaxassislar tomonidan atroflicha maʼlumotlar berib o‘tildi.

Press-tur ishtirokchilarining dastlabki manzili tumanning «Malikobod» mahallasi hududidagi «Murodobod» fermer xo‘jaligida dala maydonlari bo‘ldi. Bu yerda OAV vakillari joriy yil hosili uchun ajratilgan umumiy yer maydonlarini chigit ekishga tayyorlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Taʼkidlash joizki, mazkur fermer xo‘jaligida yerlarni chigit ekishga tayyorlashda lazerli yer tekislagichdan foydalanilmoqda. Lazerli yer tekislashning afzalligi shundaki, natijada suv resurslari 30 foizgacha tejaladi.

OAV vakillarining keyingi manzili tumandagi “TEKSTL NAVOIY GPOUPMCHJda bo‘lib, bu yerda urug‘lik chigitlarni saqlash, belgilangan davlat standart talablariga rioya qilish, istiqbolli yangi va xorijiy urug‘lik navlari diqqat-eʼtibor markazida bo‘ldi.

Mutasaddilarning bergan maʼlumotlariga ko‘ra, joriy yil paxta hosili uchun tumanda jami 28,155 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, shundan 9,060 gektar yer maydoniga tukli va 19,095 gektar yer maydoniga tuksiz urug‘lik chigit qadash rejalashtirilgan.

Taʼkidlanishicha, hozirgi kunda paxta to‘qimachilik klaster korxonalari va urug‘lik chigit tayyorlash sexlarida joriy yil hosili uchun tozalanib, saralanib, dorilab qadoqlangan urug‘lik chigitlar maxsus omborlarda belgilangan davlat standarti talablari asosida saqlab kelinmoqda.

Press-tur yakunida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda jurnalistlarni qiziqtirgan urug‘lik chigitlarning navlari, hosildorligi, istiqbolli yangi navlar, xorijiy navlardan foydalanishda iqlim sharoiti, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda klasterlar va fermer xo‘jaliklari hamkorligi va boshqa bir qator savollarga soha masʼullari tomonidan batafsil javob berildi.

Text to speech