Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati xodimlari uchun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kiberxavfsizlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Kiberxavfsizligi boshqarmasi xodimi Shohrux Abduhalimov ishtirok etib, kiberxavfsizlik bo‘yicha huquqbuzarliklarning yangidan-yangi usullari oshib borayotganidan kelib chiqib, ogoh bo‘lish, aldanib qolmaslik, ushbu yo‘nalishdagi jinoyatlarning yangicha usullariga qarshi kurashish, bu borada ota-onalarning farzandlar tarbiyasiga va qo‘l telefonlariga e’tiborli bo‘lishi haqida tushunchalar berdi.
Sayyoramiz aholisining 62,5 foizi yoki 4,95 milliard kishi internetdan foydalanib keladi.
Statistikaga ko‘ra, yer yuzida har 39 soniyada kiberxavfsizlikka qarshi hujum sodir etiladi. Ba’zi hisob-kitoblarga qaraganda 2020-yilda kiberjinoyatlar oqibatida jahon iqtisodiyotiga 1 trillion AQSh dollaridan ortiq zarar yetkazilgan, 2025 yilda bu ko‘rsatkich 10 trillion AQSh dollaridan ziyodni tashkil etishi taxmin qilinmoqda.