O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 575-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablaridan kelib chiqib, Inspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi tomonidan 2020 yilda Respublikamizga chetdan keltirilgan mevali daraxt, tok ko‘chatlari hamda sabzavot va poliz ekinlari urug‘liklari tahlil qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida jami 12,8 mln. dona yoki 28,4 mln. dollarlik mevali daraxt ko‘chatlari, shundan, 520,6 ming dona tok ko‘chatlari, 3,2 mln dona olma ko‘chatlari, 1,6 mln dona o‘rik ko‘chatlari, 776,3 ming shaftoli ko‘chatlari, 38,7 ming dona anor ko‘chatlari, 140,9 ming dona xurmo ko‘chatlari, 612 ming dona yong‘oq ko‘chatlari, 2,03 mln dona nok ko‘chatlari, 3,9 mln dona olcha ko‘chatlari va 100 dona sitrus mevali daraxt ko‘chatlari keltirilganligi aniqlandi.
Shuningdek, o‘tgan yil davomida jami 156,6 tonna yoki 6,95 mln. dollarlik sabzavot va poliz ekinlari urug‘liklari, shundan, 27,6 tonna piyoz urug‘i, 17,1 tonna bodring urug‘i, 2,7 tonna karam urug‘i, 7,9 tonna turp, rediska urug‘liklari, 1,7 tonna sholg‘om urug‘i, 2,1 tonna ukrop urug‘i, 43 tonna kashnich urug‘i, 60 kg yoki sabzi urug‘i, 550 kg pomidor urug‘i, 24,6 kg shirin qalampir urug‘i va 38,9 tonna qovun urug‘i, 15,4 tonna tarvuz urug‘i,
50 kg qovoq urug‘i chetdan keltirilganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev xududlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini borishini o‘rganish bo‘yicha tashriflari davomida har bir viloyatda intensiv bog‘ va tokzorlarni tashkil etish va ushbu tashkil etiladigan bog‘larga o‘zimizning tuproq iqlim sharoitimizga mos keladigan mahalliy sharoitda ko‘paytirilgan, kasalliklardan holi bo‘lgan, yuqori hosil beradigan arzon va sifatli ko‘chatlarni ekish topshirig‘i berilgan.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini to‘liq ta’minlash maqsadida, bugungi kunda bo‘lim tomonidan inspeksiyaning xududiy boshqarmalariga bir qator topshiriqlar berilib, respublikada ko‘chat va urug‘ yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda mahalliy sharoitda yetishtirilayotgan mevali daraxt va tok ko‘chatlari hamda sabzavot-va poliz ekinlari urug‘larini sifatli yetishtirilishi ustidan nazorat qilib borilmoqda.