Ру Ўз O`z En

«O‘zagroinspeksiya»ning davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari

22 Iyun 2022 1180

Bugun AOKAda inspeksiya axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda mavzu yuzasidan maʼlumot berildi:

2022 yilning o‘tgan 5 oyi davomida Inspeksiya tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

5400 taga yaqin yangi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari davlat ro‘yxatiga olindi;

Ushbu texnikalarga 4 ming 100 tadan ortiq texnik pasport va davlat raqam belgisi hamda 1 ming 300 taga yaqin texnik guvohnoma rasmiylashtirib berildi;

Idoralararo elektron maʼlumotlar aylanishini taʼminlash maqsadida, respublikadagi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarining yagona axborot tizimi bilan quyidagi axborot tizimlari, jumladan:

Davlat soliq inspeksiyasi;

◾️ “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” ning “E-auksion” elektron savdo platformasi;

◾️  Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi.

Shuningdek,

◾️ Adliya vazirligining “Notarius” axboroti tizimi;

◾️ Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi “Onlayn Mahalla” axborot tizimlari bilan integratsiya qilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Natijada, real vaqt rejimida inson faktori aralashmagan holda axborot almashinishi yo‘lga qo‘yildi.

Qishloq xo‘jaligi melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazishda Yangi mobil xizmati, yaʼni texnika egalarining murojaatlari asosida, texnikani turgan joyiga chiqqan holda, zamonaviy texnik ko‘rik jihozlari yordamida texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari mulk egalariga texnik ko‘rik muddati kelganligini xabardor etish maqsadida SMS xabarnoma” dasturi ishga tushirildi.

Bularning natijasida 98 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishda jismoniy va yuridik shaxslarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, traktorchi-mashinistlarni tayyorlash soxasida shaffoflikni taʼminlash hamda raqamli texnologiyalarni qo‘llash maqsadida, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini boshqarish xuquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish axborot tizim ishlab chiqilib, ishga tushirildi.

Ushbu dasturda:

1️⃣ Traktorchi-mashinistlar tayyorlaydigan o‘quv muassasalarida o‘qiyotgan talabalarning elektron ro‘yxati hamda o‘qish yakuni bo‘yicha ularning natijalarini onlayn yuritish;

2️⃣ inspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan nazariy imtixonlarni inson faktori aralashmagan holda elektron tarzda olish;

3️⃣ nazariy va amaliy imtihonlardan muvofaqqiyatli o‘tgan fuqarolarga  yangi namunadagi plastik shakldagi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish;

4️⃣ respublika bo‘yicha traktorchi-mashinist guvohnomasi olganlarning elektron bazasini shakllantirish imkoniyatlari yaratiladi.

Shu yilning o‘tgan davri mobaynida 13 mingga yaqin fuqarolarga yangi namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

Shuningdek, respublika bo‘yicha 218 ta traktorchi-mashinistlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘quv muassasalarida o‘qiyotgan 7650 ta fuqarolar elektron ro‘yxatga olinib, ularning o‘quv jarayoni elektron kuzatib borilmoqda.

Umuman olganda, sohani raqamlashtirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini yangi darajaga olib chiqish bo‘yicha ishlar jadal davom ettirilmoqda.

Text to speech