Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyati tumanlarida chigit ekish mavsumini sifatli o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda

3 Aprel 2024 546

Bugun ekin ekish hadisini olgan bekobodlik dehqonlarga to‘rtta sektor hududida 2024-yil hosili uchun seminar tashkil qilindi.

Ayni mavsumda yurtimiz bobodehqonlari yerning tobida yetilganidan foydalanib, daladagi ishlarini hamjihatlikda, tezkorlik bilan olib borishmoqda. Shu bois ko‘klam taftidan foydalanib, urug‘ni yerga tez qadash kerakligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i A.Vaxabov, Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari B.Alimbekov, viloyat FVB boshlig‘i A.Alimatov hamda tuman hokimi Sh.Do‘sbekov boshchiligida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Yerdan mo‘l va sifatli hosil yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida maromiga yetkazib bajarish, mavjud resurslar, mineral va mahalliy o‘g‘itlar hamda sug‘orish ishlarida suvdan samarali foydalanish, har bir dehqon, paxtakor va fermerning asosiy burchidir.

Seminarda chigit ekish oldidan amalga oshirilish lozim bo‘lgan yerni namligi, ekilayotgan chigitni chuqurligi bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar va tegishli tavsiyalar berildi.

Birgina Bekobod tumaniga 2024 -yil hosili uchun 11 ming 900  gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan.

Ayni paytda viloyatning Quychirchiq tumanida 13 ming gektar  va Bo‘ka tumanida esa 11 ming 900 gektar maydonlarda  2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish boyicha seminarlar bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugungi kunda «O‘zagroinspeksiya»ning Toshkent viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan hududlarda chigit ekish ishlari nazoratga olingan.

Seminar so‘ngida Mutaxassislar tomonidan chigit ekishda eʼtibor qaratiladigan jihatlar va amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech