Ру Ўз O`z En

Qishloq xoʼjaligida suvdan samarasiz foydalanish boʼyicha huqubuzarliklar ortidan 1,3mlrd soʼmlik maʼmuriy jarima sanktsiyalari qoʼllangan

11 Yanvar 2021 1706

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining hududiy boshqarmalari va tuman boʼlimlari tomonidan joylarda Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisidagi Qonun va boshqa noramativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi, suvdan oqilona va samarali foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʼrnatilgan.

2020 yil davomida sunʼiy suv obʼektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan oʼtkazilgan 11688 ta nazorat tadbirlarida 7454 ta holatda qonun va tartib buzilishi holatlari aniqlangan.

Jumaladan, 4992 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, 757 ta holatda suv obʼektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni oʼzboshimchalik bilan bajarish, 247 ta holatda suv obʼektlaridan belgilangan suv olish limitlarini buzish, 252 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini buzish, 247 ta holatda suvlarning davlat hisobini yuritish, 172 ta holatda suv xoʼjaligi inshootlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalari buzilganligi va 787 ta boshqa holatdagi qonunbuzilishlar sodir etilgan.

Suv isteʼmolchilari tomonidan sodir etilgan qonun va tartib buzilishlar natijasida 3886 ta holatda 1085 gektar qishloq xoʼjaligi ekin maydonlari koʼllatib yuborilgan, 3703 ta holatda suvlar kollektor-drenaj tarmoqlariga foydalanilmasdan tashlab qoʼyilgan, 1832 ta holatda ruxsat etilmagan joylardan shartnoma tuzmasdan 78,7 mln.m3 suvlar egallab olingan.

Mazkur, qonun va tartib buzilishi holatlarini kelib chiqish sabablari oʼrganilib, kelgusida shu kabi qonunbuzilishlarni oldini olish boʼyicha Inspektsiya tomonidan tegishli tashkilot va korxonalarning masʼul mansabor shaxslariga 9058 ta ogohlantirish, 1632 ta yozma koʼrsatma va 321 ta taqdimnomalar kiritildi.

Oʼz navbatida, aniqlangan qoʼpol qonun buzilishi holatlariga nisbatan Inspektsiya tomonidan 3959 ta mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1,3 mlrd soʼmlik maʼmuriy va 2651 ta 5,3 mlrd soʼmlik moliyaviy jarima sanktsiyalari qoʼllanildi.

Bundan tashqari, 2153 ta qonun buzilishi holatlari yuzasidan toʼplangan xujjatlar tegishliligi boʼyicha koʼrib chiqishlik uchun maʼmuriy sud va prokuraturalarga yuborilishi taʼminlandi.

Shuningdek, suv xoʼjaligining 464 ta inshootlari va 542 ta qurilmalari nosozligi, 22,5 mln.m3 suvlar suv isteʼmolchilari tomonidan limitdan ortiqcha olinganligi aniqlanib, mazkur kamchiliklar Inspektsiya tomonidan toʼliq bartaraf etilishi taʼminlandi.

"Oʼzagroinspektsiya"ning Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi

Text to speech