Ру Ўз O`z En

Samarqandda 32 ta zamonaviy paxta terish mashinalari mavsumga shay holatga keltirildi

12 Avgust 2022 1155

O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan mavjud 75 ming 356 gektar yer maydonida yetishtirilgan paxta xom ashyosini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Joylarda bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlar kunlik monitoring qilib borilmoqda.

-2022 yil hosili uchun yetishtirilayotgan paxta xom ashyosini o‘z vaqtida va sifatli yig‘ishtirib olish maqsadida tayyorgarlik ishlari har yilgidan ancha barvaqt boshlandi. Joriy yil mavsumida qatnashadigan 32 ta zamonaviy, yuqori unumdor paxta terish mashinalarini mavsumga hozirlash uchun ishchi guruhi tomonidan tegishli tadbirlar bajarildi. Bu yil paxta yig‘im-terimi davomida 21 ta otryadlar shakllantirilib, 1735 dona transport traktorlari va 2 ming 634 dona tirkamalar to‘liq shay holatga keltirildi, - deydi inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh inspektori Shaxriddin Butunov.

Xususan, Narpay tumani paxtakorlari tomonidan 10 ming 762 gektar maydonda chigit ekilib, 37 ming 697 tonna paxta xom ashyosi tayyorlash uchun puxta zamin hozirlandi.

Ayni paytda tumandagi “Maroqand sifat” MCHJ paxtachilik klasteri va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirib olishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Paxta hosilini qisqa kunlarda tez va soz holatda yig‘ib terib olish uchun xarid qilingan 2 dona John Deere 9970 va 4 dona Boshiran 4 MZ-4B rusumli, jami 6 dona zamonaviy paxta terish mashinalari dislokatsiya manzilgohiga yig‘ilib, mavsumiy texnik ko‘rikka jalb qilingan.

Bugungi kunda mazkur paxta terish mashinalari mavsumiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, shay holatga keltirilgan, -deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Narpay tuman bo‘limi boshlig‘i G‘ayrat Islomov.

 

Abduvali Xudoyorov, “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati

Text to speech