Ру Ўз O`z En

Suv tejovchi texnologiyalardan foylanmaganlik subsidiya qaytarilishiga sabab bo‘ladi

21 Iyun 2022 1123

So‘ngi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlarining samaradorligini oshirishda suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Davlat rahbarining 2022 yil 1 martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-144-sonli qarorining 5-bandida “2021 yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilganligi uchun Davlat byudjetidan subsidiya mablag‘larini olgan, biroq joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish tizimlarini sug‘orish mavsumida ishlatishga ulgurmagan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mazkur tizimni 2022 yil sug‘orish mavsumiga qadar ishga tushirmagan taqdirda olingan subsidiya mablag‘larini belgilangan tartibda Davlat byudjetiga qaytarilishi yuzasidan "O‘zagroinspeksiya"ga nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan mazkur qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida bir qator qonunbuzulishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

 Jumladan, Hukumatning tegishli qarori talablari asosida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021 yil paxta maydonlarini tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan fermer va klaster korxonalariga Davlat byudjetidan 5061 gektar maydonlarga 40,5 mlrd.so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilib, shundan 9 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 530 gektar paxta maydonlarida 4,0 mlrd. so‘mlik tomchilatib sug‘orish texnologiyasi to‘liq yakunlanib ishga tushirilmagan bo‘lsada subsidiya ajratilganligi aniqlandi.

Mazkur aniqlangan holatlar yuzasidan paxta maydonlariga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarni joriy qilinmasdan subsidiya mablag‘larini olgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlariga 2022 yil sug‘orish mavsumiga qadar tomchilatib sug‘orish texnologiyalarni joriy qilmagan taqdirda subsidiya mablag‘larini belgilangan tartibda Davlat byudjetiga qaytarilishi yuzasidan yozma ravishda ogohlantiruvlar berildi.

Bundan tashqari, joriy yilda tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida 111 ta yozma ko‘rsatma va ogohlantirishlar berildi.

Shu bilan birga, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishiga oid qonunbuzilishi holatlarini oldini olish maqsadida joylarda profilaktika tadbirlari olib borilmoqda. 

"O‘zagroinspeksiya"ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech