Ру Ўз O`z En

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish yana-da muvofiqlashtiriladi

10 Noyabr 2022 1250

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi majlislar zalida  Prezidentining 2022 yil  13 sentyabrdagi “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.  

O‘quv-seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha devoni Sirdaryo viloyat bo‘yicha bosh inspektori A.Ibodullayev, yetakchi inspektori K.Normatov, “O‘zagroisnpeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i, boshliq o‘rinbosarlari, tarkibiy tarmoq bosh inspektorlari, inspektorlari, tuman bo‘lim boshliqlari, o‘rinbosarlari va barcha xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab Inspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Shodiyev o‘quv-seminarni ochib berib, hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini o‘z vaqtida taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish va tadbirkor-fermer xo‘jaliklar faoliyatda yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzulishlarni oldini olish borasida qisqacha maʼruza qildi. 

Shundan so‘ng, so‘zni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha devoni Sirdaryo viloyat bo‘yicha yetakchi inspektori K.Normatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida batafsil maʼlumot berib o‘tdi.

Jumladan, ushbu qaror bilan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanganligini taʼkidlab, mazkur Nizom umumiy qoidalar, tekshiruv  ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, tekshiruvlarni kelishish, tekshiruvlarni o‘tkazish, vakolatli organni xabardor etish tartibida tekshiruvlar o‘tkazishning o‘ziga xos xususiyatlari, tekshiruvlar o‘tkazilishini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, profilaktika tadbirlarini o‘tkazish va yakuniy qoidalar kabi 8 ta bobdan iboratliligi, hamda tekshiruvni kelishish uchun buyurtma vakolatli organ va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan uch ish kunidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqilishi hamda tekshiruvni o‘tkazishni kelishish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi, tekshiruv o‘tkazishni kelishish yoki rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmasdan nazorat qiluvchi organga yuborilishi haqida maʼruza qildi.

“O‘zagroinspeketsiya” Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.

Text to speech