Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyatida texnikalar «PАXTА-2020» mavsumiga tayyor

23 Sentyabr 2020 2079

Soʼnggi vaqtlarda qishloq xoʼjaligida ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida mahalliy qishloq xoʼjaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ushbu maqsadlarda qishloq xoʼjaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil qilindi. Natijada birgina 2020 yilda qishloq xoʼjaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing boʼyicha xizmatlar koʼrsatish hajmi sezilarli darajada oshdi.

Shu bilan birga, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon texnika bilan taʼminlash, texnika parkini yangilash, shuningdek, ularga oʼz vaqtida servis xizmatini koʼrsatish boʼyicha Toshkent viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot, “Аgroservis MTP” MChJ, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʼjaliklar va fuqarolarda mavjud boʼlgan qishloq xoʼjaligi va meliorativ texnikalarni paxta terish mavsumida toʼxtovsiz ishlash maqsadida viloyatdagi mavjud 1406 dona traktor tirkamasi, 827 dona transport traktori va 90 dona paxta terish mashinalarini markazlashgan holda taʼmirlash uchun dislokatsiya boʼyicha taʼmirlash maskanlariga yigʼilib, ishlar toʼliq yakunlandi va inspektorlar tomonidan har bir texnikani taьmirlanganligi holati hamda sozligi koʼzdan kechirilib, dalolatnoma asosida yillik texnik koʼrikdan oʼtkazildi va tayyorgarlik chizigʼiga qoʼyildi.

                      Texnik taʼmirdan chiqqan tirkamalar


Shuningdek: mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar texnik koʼrikda nosoz deb topilgan va texnik koʼrikka taqdim etilmagan texnikalarni, texnik talabga javob bermaydigan texnikalarni ishga jalb etilishiga yoʼl qoʼymaslik maqsadida, mulk egalariga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirishlar berilib, inspektorlar tomonidan amaliy yordam koʼrsatib kelinmoqda.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatida “Paxta-2020” mavsumi davomida terimga jalb etiladigan terimchilar bilan bogʼliq yoʼl-transport va turli koʼngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, fermer xoʼjaliklari, otryad rahbarlaridan hamda traktor haydovchilaridan tirkamalarda odam tashimaslik, tashish uchun moʼljallangan transport traktorlariga ikkitadan ortiq tirkamalar ulab harakatlanmaslik toʼgʼrisida Inspektsiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator targʼibot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

 

“Oʼzagroinspektsiya” Toshkent viloyati boshqarmasi

 

Text to speech