Ру Ўз O`z En

Rishton tumanida mavsumga 125 ta qishloq xo‘jaligi texnikasi jalb etiladi

16 Fevral 2024 662

Qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun yil o‘n ikki oy ish topiladi. Binobarin, qish fasli qishloq xo‘jaligi sohasi uchun masʼuliyatli davr. Yaʼni, bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga soz holga keltirish ishlari “O‘zagroinspeksiya” vazifalaridan biri hisoblanadi.

Tumanimizda 2024-yil bahorgi dala ishlarida ishtirok etadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini taʼmirlash ishlari qanday ketmoqda?

"O‘zagroinspeksiya"ning Rishton tuman bo‘limi tomonidan bahorgi dala ishlarida qatnashuvchi traktor va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini taʼmirlash ishlarining belgilangan muddatda sifatli amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatilib, bu borada nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Bunda taʼmirlashning sifatli bajarilishi bilan birga, mexanizator va ustalar uchun yaratilgan shart-sharoit hamda ehtiyot qismlar bilan to‘liq taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratilgan.

Tumanda joriy yil bahorgi dala ishlarida jami 125 ta qishloq xo‘jalik texnikalari qatnashishi rejalashtirilgan.

Xulosa o‘rnida, bugungi kunda amalga oshirilayotgan bu kabi ishlardan ko‘zlangan maqsad bahorgi dala ishlarida yuqori natijadorlikka erishishdan iborat. Bu o‘z navbatida barcha turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishda puxta zamin hozirlaydi.

"O‘zagroinspeksiya" Farg‘ona viloyati boshqarmasi Rishton tuman bo‘limi 

Text to speech