Ру Ўз O`z En

Xorazm viloyatida urug‘lik chigit tayyorlash yuzasidan ko‘rgazmali seminar tashkil etildi

14 Yanvar 2025 33

O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risidagi” Qonunida va hukumatning tegishli qarorlarida, qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zagroinspeksiyaga bir qator vakolat va vazifalarlar belgilab berilgan.

Mazkur vazifalarni bajarilishida, har yili yanvar oyida urug‘liklarni tayyorlash, qayta ishlash, dorilash va saqlash jarayonlarining normativ hujjatlar talablari asosida tashkil qilinishini nazorat qilib borish maqsadida, ko‘rgazmali  amaliy seminarlar o‘tkazish anʼanaga aylangan.

Joriy yilda navbatdagi seminar Xorazm viloyatning Xonqa tumanidagi Uzbek best seedsMCHJ korxonasida tashkil qilinib, unda viloyat va tumanlarning mutasaddi tashkilot rahbarlari, tuman hokimlarining Qishloq va suv xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, urug‘lik tayyorlovchi klaster korxonalari va elita urug‘chilik xo‘jaliklari masʼullari ishtirokida tashkil etdi.

 Urug‘lik chigit tayyorlashda Vazirlar Mahkamasining 641-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan talablarga rioya qilinishi, va mahsulot yetishtiruvchilarni sifatli urug‘lik chigit bilan taʼminlash bo‘yicha har bir masʼul xodimlar vijdonan yondashishi lozimligi taʼkidlandi.

Xorazm viloyati tumanlarida 2025 yil hosili uchun g‘o‘za navlari joylashtirish rejasi 82,7 ming gektar bo‘lib, shundan Xorazm-127 navi 42,4 ming gektar, Xorazm-150 navi 15,2 ming gektar, mehnat navi 8,1 ming gektar, Sulton navi 254 gektar, SP-40 navi 160 gektar va yangi navlar 2,4 ming gektar hamda xorijiy navlar 14,1 ming gektarga ekilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, viloyatda joriy yilda ekilishi rejalashtirilgan 82,7 ming gektar paxta maydonlarining 31,4 ming gektariga tukli va 51,3 ming gektariga tuksiz urug‘lik chigit ekish belgilangan bo‘lib, ushbu maydonlar uchun 3,7 ming tonna  urug‘lik chigit talab etilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘rgazmali seminar davomida urug‘lik chigit tayyorlash bosqichlari, qo‘llaniladigan preparatlar turlari, tuksizlantirilgan chigit ekishning afzalliklari va dorilangan urug‘lik chigitni saqlash qoidalari xususida to‘xtalib o‘tildi.

 

 

O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi

Text to speech