Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorgarligi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

16 Fevral 2024 770

Xorazm viloyatida jami bahorgi dala ishlarida 13 ming 570 ta texnikalar qatnashishi rejalashtirilgan. Shundan, 1 722 ta chopiq traktorlari, 1 284 ta transport traktori, 510 ta haydov traktorlari, 855 ta paxta ekish seyalkasi, 1611 ta mola, 442 ta chizel, 3882 ta zigzak-borona, 639 ta yer tekislagich va 154 ta mineral o‘g‘it sepkichlar tashkil qiladi.

Bugungi kunda viloyatda bahorgi dala ishlarida qatnashadigan mavjud texnikalarni tayyorgarligi Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlaridagi sohaviy mutaxassislar tomonidan kunlik nazoratga olingan bo‘lib, 1 ming 722 ta chopiq traktorlarining barchasi taʼmirlashga jalb qilingan holda to‘liq taʼmirdan chiqarildi. Shuningdek, 855 ta chigit ekish seyalkasi, 1 ming 742 ta kultivatorlarning barchasi, 1 ming 611 ta mola, 442 ta chizel hamda 3 ming 882 ta zigzak-boronalar to‘liq taʼmirdan chiqarildi.

Bu borada Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan o‘tgan oy davomida 328 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, shundan 297 tasi monitoring, 31 tasi jismoniy shaxslar faoliyati bo‘yicha tekshirishlarni tashkil qiladi.

Olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida 31 ta holat yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, vakolat doirasida ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 297 ta holat bo‘yicha bajarilishi majburiy tusga ega bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar kiritilishi taʼminlandi.

Bugungi kunda, qishloq xo‘jaligi texnikalari nazorati sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan tizimli nazorat ishlari davom ettirilmoqda.

D.Polvonov, Q.Sobirov - Inspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi

Text to speech