Ру Ўз O`z En

Korrupsiyaga qarshi kurashish: qonunchilik, amaliyot va xodimlarning majburiyatlari

7 Oktyabr 2022 1535

Inspeksiya markaziy apparatining majlislar zalida Inspeksiyaning hududiy boshqarmalarida kadr sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan «Korrupsiyaga qarshi kurashish qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari» mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Inspeksiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Rasulov, Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i J.Safarov, Xuquqiy-taʼminlash va xalqaro huquqiy munosabatlar bo‘limi boshlig‘i A. Ochilov, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi bosh inspektori Sh. Xamrayevlar hamda Inspeksiyaning hududiy boshqarmalarining kadrlar bo‘yicha bosh inspektorlari ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilari yig‘ilganlarga korrupsiya bo‘yicha asosiy tushunchalar, uning ko‘rinishlari, turlari va unga qarshi kurashni tashkillashtirishda qonunchilik amaliyoti va xodimlarning majburiyatlari bo‘yicha batafsil tushuntirish berishdi.

Shuningdek, seminar davomida hududiy boshqarmalarning kadrlar bo‘yicha bosh inspektorlariga ish jarayonida ehtimoliy korrupsiya bo‘yicha aniqlangan holatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni zudlik bilan Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limiga taqdim etib borishlari to‘g‘risida kelishib olindi.

“O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

Text to speech