Ру Ўз O`z En

Mobil arbitraj guruhlari tashkil etildi

12 Sentyabr 2023 1161

Bugungi kunda Andijon viloyatida 2 263 ta fermer xo‘jaliklari hamda 15 ta paxta to‘qimachilik klaster korxonalari paxta mahsulotini yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelishmoqda.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik subyektlari tomonidan paxta mahsuloti yetishtirish va qabul qilish bo‘yicha tuzilgan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi, nobudgarchilikni kamaytirish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararni oldini olish va nizolarni o‘zaro joyida hal etish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi buyrug‘iga asosan Andijon viloyati boshqarmasida 3 ta mobil arbitraj guruhlari tashkil etildi.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 11- sentyabr kuni “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat korxonasining Andijon viloyati filialida paxta xom-ashyosini davlat standartlari asosida qabul qilinishi yuzasidan sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar uchun o‘quv semenar-treningi tashkil etildi.

Seminar-treningda “Agroinspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi mutaxassislari ishtirok etib, yig‘ilganlarga Mobil arbitraj guruhlarining vazifalari, fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga ko‘rsatilishi belgilangan amaliy yordam tadbirlari bo‘yicha rasman xabardor qilish va dastlab ularda qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish hamda sohaga oid amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil tushuntirildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi

Text to speech