Ру Ўз O`z En

“O‘zagroinspeksiya” tomonidan 2023-yilda g‘o‘za defoliatsiyasini sifatli amalga oshirilishi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

12 Sentyabr 2023 1187

Respublikada 2023 yil hosili uchun 136 ta tumanlarda 136 ta paxta to‘qimachilik klaster korxonalari hamda 30 116 ta fermer xo‘jaliklarining 1 mln. 12 ming 436 gektar yer maydonida g‘o‘za parvarish qilindi.

Xususan, chigit ekish ishlari muddati amalga oshirgan hamda g‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazgan, ayniqsa g‘o‘za qator orasiga ishlov berish, oziqlantirish, sug‘orish, chilpish hamda o‘rgimchakkana, ko‘sak qurti va boshqa zararkunandalarga qarshi kurash ishlarini sifatli amalga oshirgan fermerlarning dalasida bugungi kunda ko‘zlangan hosil yetishtirildi.

Shuning uchun, joriy yilda dehqonlarimizning zahmati bilan yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda, sifatli qilib yig‘ishtirib terib olish uchun avvola g‘o‘za defoliatsiyasini, yaʼni kimyoviy usulda g‘o‘zani sunʼiy bargsizlantirish tadbirini tizimli ravishda sifatli o‘tkazish lozim bo‘ladi.

Joriy yilda, Respublikada 855 ming gektar yoki umumiy g‘o‘za maydonlarining 84 foizida defoliatsiya tadbirlari o‘tkazish belgilandi.

Shuningdek, hududlardan olingan takliflar hamda hududlarning ob-havo sharoiti va g‘o‘zaning biologik pishib yetilishi inobatga olib g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilib tasdiqlandi va hududlarida defoliatsiya tadbirlari 10 avgustdan boshlanib, 12 sentyabrda yakunlanishi maʼlum bo‘ldi.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Namangan viloyatlarida 10 kunda, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 11 kunda, Andijon, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida 12 kunda, Buxoroda 15 kunda, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida 17 kunda defoliatsiya tadbirlarini yakunlash belgilangan.

Respublika hududlarida defoliatsiya tadbirlariga 3569 dona OVX purkagichlar jalb qilinib, bugungi kunda 841 ming gektar yoki 98 foiz g‘o‘za maydonlarida defoliatsiya tadbirlari o‘tkazildi.

“O‘zagroinspeksiya” tomonidan, joylarda g‘o‘za defoliatsiyasini muddatida sifatli qilib defoliantlarni qo‘llash meʼyorlariga rioya etilib o‘tkazilishi ustidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, hududlarda g‘o‘za defoliatsiyasi bo‘yicha 616685 gektar g‘o‘za maydonlarida monitoring tadbirlari o‘tkazilib, shundan 5332 ta fermer xo‘jaliklarining 46011 gektar maydonlarida xato-kamchiliklar aniqlandi.

Aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf qilish va ularni kelgusida takrorlanishini oldini olish yuzasidan, fermer xo‘jaliklariga va klaster korxonalariga 14847 ta ogohlantirishlar berildi. 

“O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘limi 

Text to speech