Ру Ўз O`z En

QIShLOQ XOʼJАLIGI TАRMOGʼIDА INVESTITsIYa LOYIHАLАRINING АMАLGА OShIRILIShI HOLАTLАRI OʼRGАNILDI

2 Dekabr 2020 2157

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yil 2-oktyabrь kuni Qoraqalpogʼistonga qilgan tashrifi davomida har bir shahar va tumanlarni rivojlantirishga, aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan zarur vazifa va yoʼnalishlarni belgilab bergan edi.

Ushbu topshiriq ijrosi yuzasidan 2020-yil 11-noyabrda “2020-2023 yillarda Qoraqalpogʼiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4889-sonli Farmoni qabul qilindi.

Sohaga doir, belgilangan vazifalarning oʼz muddatida, sifatli bajarilishini taʼminlash, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasining 2020 yil II yarim yilga belgilangan ish rejasi talablarining ijrosini taʼminlash maqsadida boshqarma tomonidan Qoʼngʼirot va Moʼynoq tumanlarida qishloq xoʼjaligi tarmogʼida investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holatlari oʼrganildi.

Qoʼngʼirot tumanida bu yilda 409 yangi ish oʼrinlarini tashkil etilishi rejalashtirilgan boʼlib, zamonaviy issiqxona tashkil etish, chorvachilik, yarim intensiv usulida baliq yetishtirish va shu kabi qishloq xoʼjaligidagi boshqa tarmoqlar ulushiga jami 125 mlrd. 25 mln. soʼmlik 39 ta loyiha tasdiqlandi. Shundan oʼz mablagʼiga 46 mlrd. 168 mln. soʼm, bank krediti hisobiga 16,9 mlrd. soʼm, xorijiy kredit evaziga 6 mln. АQSh dollari jalb etish orqali agrar sohadagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Yangi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyihalardan 32 tasi 2020 yilda, qolgan 7 ta loyihalarning bajarilish muddati 2021-yilga belgilangan.

Masʼul idoralar hamda tashabbuskorlar tomonidan koʼrilgan choralar natijasida amalda jami loyihalarning 19 tasi yoki 54 foizi bajarilgan boʼlib, 28 mlrd. 454 mln. soʼm pul mablagʼlari oʼzlashtirilgan, shundan shu kungacha rejadagi 55 ta yangidan yaratilishi kerak boʼlgan ish oʼrinlari oʼrniga ortigʼi bilan 71 ta ish oʼrni yaratilgan.

Ushbu loyihalar yuzasidan bugungi kunda 22 mlrd. 355 mln. soʼmlik ish hajmi amalga oshirilgan boʼlib, ular ishga tushirilishi bilan yana 354 ta yangi ish oʼrinlari tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, Moʼynoq tumanida ham 170 ta yangi ish oʼrinlarini tashkil etish rejalashtirilgan boʼlib, jami 53 mlrd. 475 mln. soʼmlik, shundan oʼz mablagʼi 18 mlrd. 535 mln. soʼm, bank krediti evaziga 34,9 mlrd. soʼm pul mablagʼlarini jalb etish orqali jami 26 ta agrar hamda oziq-ovqat sohalaridagi loyihalar tashkil etib, asosiy ulushi zamonaviy issiqxona bunyod etish, chorvachilik, baliq yetishtirish va qishloq xoʼjaligidagi boshqa tarmoqlarni rivojlantirishga toʼgʼri keladi.

Biroq, jami loyihalarning 11 tasi yoki 42 foizi bajarilgan boʼlib, 2 mlrd. 515 mln. soʼm pul mablagʼlari oʼzlashtirilgan, shu kungacha rejadagi 27 ta yangidan yaratilishi kerak boʼlgan ish oʼrinlarning 16 tasi yaratilgan, xolos.

Tasdiqlangan loyihalarning 50 mlrd. 960 mln. soʼmlik, jami 15 tasi bajarilmoqda. Bugungi kungacha loyihalarning 31 mlrd. 736 mln. soʼmlik ish hajmi amalga oshirilgan boʼlib, ular ishga tushirilishi bilan 143 ta yangi ish oʼrinlari tashkil etilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, mazkur loyihalarning amalga oshirilishini monitoringi yuzasidan Moʼynoq tumani hokimligi, tuman investitsiyalar va sirtqi savdo boʼlimi hamda Inspektsiyaning Moʼynoq tumani masʼullariga tegishli koʼrsatmalar berildi va tarmoq jadvallarida belgilangan tadbirlarning muddatlarda bajarilishi yuzasidan tashabbuskorlar bilan mavjud muammolarni birgalikda koʼrib borish belgilab olindi. Bu borada ishlar davom ettirilmoqda.

M.G.Tleumuratov, "Oʼzagroinspektsiya"ning Qoraqalpogʼiston Respublikasi boshqarmasi, Tashkiliy-nazorat va tahlil boʼlimi inspektori

Text to speech