Ру Ўз O`z En

Samarqand: "qo‘shma reyd" lar davomida 135 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlandi

19 Fevral 2024 677

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Respublika ichki ishlar vazirligi yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi hamkorligidagi tadbirlar rejasiga ko‘ra, har haftaning payshanba kunlari “O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarma va tumanlar bo‘limlari tomonidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida jami 135 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, shundan yanvar oyi holatiga 74 ta, fevral oyining 15 fevral holatiga 61 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalariga asosan taʼsirchan choralar qo‘llanildi.

Ayni 15 fevral kuni hamkorlikda o‘tkazilgan “Qo‘shma reyd” tadbirlari davomida Samarqand shahrida joylashgan “Aziya Dor Rem Stroy Standart” MCHJga qarashli 1 dona avtogreyder hamda 1 dona katok yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi aniqlanib, undan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Mazkur holat yuzasidan mulkdorga texnikalarni yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazganidan so‘ng foydalanishga ruxsat berilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan yozma ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, fuqaro Z.K. ga qarashli 1 dona, davlat raqami belgisi 30 CA 688 bo‘lgan frontal yuklagichni fuqaro X.s tomonidan tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan vakolat doirasida fuqaro X.S ga nisbatan MJtKning 135-moddasi, 1-bandi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

“Qo‘shma reyd” tadbirlarida 1 dona 2018-yilda ishlab chiqarilgan, J. B 3CXS14M2NM rusumli ekskavator-yuklagichni Samarqand shahri hududidan kesib o‘tuvchi M 39 xalqaro magistral yo‘lining Motrid qo‘rg‘onida fuqaro J.B tomonidan tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan vakolat doirasida fuqaro J.B ga nisbatan MJtKning 135-moddasi, 1-bandi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 “Qo‘shma reyd” tadbirlarida fuqarolar R.J ga hamda M.K larga qarashli 2020-yilda ishlab chiqarilgan, JCB 3CXS14M2NM rusumli 2 dona ekskavator-yuklagichni yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmaganligi aniqlandi va ulardan foydalanish taʼqiqlandi. Mazkur holat yuzasidan mulkdorlarga texnikani yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazganidan so‘ng foydalanishga ruxsat berilishi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berildi.

“Qo‘shma reyd” tadbirlarida 1 dona 1996-yilda ishlab chiqarilgan, MTZ-80 rusumli traktorni Jomboy tuman hududidan kesib o‘tuvchi M39 xalqaro magistral yo‘lida fuqaro M.D tomonidan tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan vakolat doirasida fuqaro M.Dga nisbatan MJtKning 135-moddasi, 1-bandi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, traktor vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib ketildi.

C.Qurbanov,  Agroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi  Texnika holatini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i                                         

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech