Ру Ўз O`z En

Samarqand: g‘o‘za parvarishiga oid agrotexnik tadbirlar nazoratda

23 May 2023 1425

Samarqand viloyatida yer egalari tomonidan 2023 yil hosili uchun parvarishlanayotgan 71 ming 306 gektardagi g‘o‘za nihollarini agrotexnik tadbirlarining bajarilishini uyushqoqlik bilan o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mazkur agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda monitoring qilib borilmoqda.

G‘o‘za parvarishi tadbiri mavsumida inspeksiyaning hududiy boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari inspektorlari tomonidan 11 ta klaster korxonalari va 1900 dan ortiq fermer xo‘jaliklarining 17 ming 51 gektar yer maydonida bajarilgan ishlar tahlil qilindi.

Tadbirlar davomida 185 gektar yer maydonida kultivatsiya, 135 gektar yer maydoni chuqur yumshatish ishlarini sifati talabga javob bermasligi, sayoz haydalganligi holati aniqlanib, 271 ta qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ogohlantirildi.

Mavsumni sifatli o‘tishini taʼminlash maqsadida mavjud 1 ming 612 ta kultivatordan unumli foydalanilmoqda. G‘o‘za maydonlarida agrotexnik tadbirlarini belgilangan muddatlarda qulay fursatlardan foydalangan holda amalga oshirish uchun 41 ming 328 nafar ishchilar chopiq qilish ishlariga jalb qilingan, texnika vositalarining yuqori unum bilan ishlashi uchun kuniga 100 tonnadan ortiq dizel yoqilg‘isi yetkazib berilayotgan bo‘lib, bir kunda o‘rtacha 7,5 ming gektar kultivatsiya va 9 ming gektardan ortiq maydonda chuqur yumshatish ishlari sifatli bajarildi.

Paxtadan yuqori hosil olishni mo‘ljallagan dehqonlar chigit ekish bilan birga fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirishga alohida eʼtibor qaratishdi. Bunda, tuproq unumdorligi oshishi bilan birga, to‘liq g‘o‘za ko‘chatini olishga erishildi. Shunisi eʼtiborliki, g‘o‘za maydonlarini birinchi oziqlantirish ishlari ham jadallik bilan to‘liq o‘tkazildi.

Viloyatning Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om, Oqdaryo, Ishtixon, Payariq,  tumanlarida g‘o‘za agrotexnikasi boʼyicha ko‘rgazmali seminarlar tashkil qilinib, o‘tkazildi.

“O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi

Text to speech