Ру Ўз O`z En

Paxta qabul qilish maskanlarining mavsum tayyorgarligi

28 Avgust 2024 257

Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgan “Baxt tekstil” MCHJ, “Navbahor tekstil” MCHJ va “Navoiy fayzsom tekstil” MCHJ hamda ularga qarashli 16 ta paxta qabul qilish maskanlarida 2024-yil paxta hosilini qisqa muddatlarda sifatli qabul qilib olish maqsadida, barcha paxta qabul qilish maskanlarining joriy va kapital taʼmirlash ishlari ustidan muntazam nazorat «O‘zagroinspeksiya»ning Navoiy viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda.

Bugungi kunda barcha paxta qabul qilish maskanlarida mavjud 16 ta laboratoriya xonalari, 16 ta tarozixona binosi va 21 ta elektron avtomobil tarozilari, 20 ta paxta qabul qilish yopiq omborlari va 223 ta ochiq g‘aram maydonchalari hamda 75 ta paxta tushirish (kichik mexanizatsiya vositalari) joriy va kapital taʼmirlash ishlari yakunlandi.

Shuningdek, barcha paxta qabul qilish maskanlarida yong‘in xavfsizligi tayyorgarligi va o‘lchov vositalarini davlat metrologik qiyoslovidan o‘tkazish ishlari amalga oshirilishi Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan nazoratga olingan.

Inspeksiya xodimlarining doimiy ravishda tushuntirish ishlari va monitoring kuzatuvlari olib borilgani bois, paxta qabul qilish maskanlarida paxtakorlarimiz tomonidan mashaqqatlar bilan yetishtirilgan paxta xom-ashyosini hech qanday qiyinchiliklarsiz o‘z vaqtida topshirib ketish imkoniyatining paydo bo‘lishi bilan ahamiyatlidir.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i N.Raxmatullayev.

Text to speech