Kongressda, un, makaron va yem ishlab chiqaruvchilar, ularni yetkazib beruvchilar, un tegirmon uskunalari va non mahsuloti ishlab chiqaruvchilar korxonalar rahbarlari va mutaxassislari, 1300 dan ortiq milliy, 40 nafar xalqaro delegatlar, 500 dan ortiq kompaniyalar va 1000 dan ortiq yirik tashkilot vakillari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" DM xodimlaridan iborat 4 nafar mutaxassislari ishtirok etishdi.
«O‘zagroinspeksiya» mutaxassislari tomonidan Kongress ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasida don va un sohasidagi islohotlar va qilingan ishlar yuzasidan maʼlumotlar bilan ulashildi. Shu bilan birga don va uni qayta ishlash sohasidagi innovatsion texnologiyalar bilan tanishildi.
«O‘zagroinspeksiya» delegatlari tomonidan mazkur Kongress davomida don va don mahsulotlarini kleykovina va nonvoyboplik sifatini oshirish va eksport bob mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishildi va zarur bilim, ko‘nikmalarga ega bo‘lindi.