Ру Ўз O`z En

Urug‘lik donni qayta ishlash jarayonlari nazoratda

19 Sentyabr 2023 1234

Joriy yilda yaroqli deb topilgan maydonlardan 2024 yil g‘alla hosili uchun urug‘lik bug‘doyning 55 ta seleksion navlaridan avlodlari bo‘yicha jami 258 ming tonna don urug‘chilik subyektlari tomonidan jamg‘arilgan.

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil va sifatli mahsulot yetishtirishning asosiy negizi urug‘likka bog‘liq bo‘lib, sifatli urug‘lik yetkazib berish zamirida urug‘larni yetishtirish, qayta ishlash hamda navdorlik va ekinboplik sifat ko‘rsatgichlarini nazorat qilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Mazkur urug‘chilik subyektlardagi 72 ta urug‘likni qayta ishlash sexlari tomonidan 2024 yil hosili uchun urug‘lik donni saralash, dorilash, qadoqlash hamda sertifikatlash ishlari Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, hozirga qadar urug‘lik don tayyorlash sexlari tomonidan 203,3 ming tonna yoki 79 foiz urug‘lik don qayta ishlangan.

Jumladan, “O‘zdonmahsulotAKga qarashli don korxonalari tomonidan 86 foiz, Klasterlarda 67 foiz, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tizimidagi urug‘lik don tayyorlash sexlarida 72 foiz hamda Elita urug‘chilik xo‘jaliklarida 87 foiz urug‘lik don tayyorlangan.

Shuningdek, tayyorlangan urug‘lik don to‘dalarining 194,6 ming tonnasidan ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun namunalar tanlab olinib, shundan, 161,3 ming tonnasi sertifikatlangan, qolgan 33,3 ming tonnasini sertifikatlashtirish ishlari davom etmoqda.

2024 yil hosili uchun jamg‘arilgan urug‘lik donni qayta ishlash - tozalash, saralash, dorilash va ekinboplik sifat ko‘rsatkichlar bo‘yicha sertifikatlash ishlari kechikayotgan "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi va Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli don tayyorlash sexlarida urug‘lik don tayyorlash ishlarining kechikayotganligi va bu bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari yuborildi.

Aniqlanishicha, bugungi kunda, Toshkent (3,1 ming tonna), Buxoro (3,2 ming tonna), Jizzax (2,6 ming tonna), Namangan (1,9 ming tonna) Samarqand (1,3 ming tonna) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (1,7 ming tonna) ayrim korxonalar tomonidan qayta ishlab tayyorlangan urug‘lik don to‘dalarini sertifikatlash uchun o‘z vaqtida buyurtmalar berilmaganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, hukumat tomonidan tasdiqlangan tegishli nizomga asosan 2024 yil hosilidan urug‘lik don yetishtirish huquqini qo‘lga kiritish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovlar nazorat qilib borildi va Inspeksiyaning hududiy boshqarmalaridan tanlov natijalari olinmoqda.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech