Ру Ўз O`z En

Suv olish joylarida suv hisobining yuritilishi Agroinspeksiya nazoratida

22 May 2023 1339

Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda suv madaniyatini yuksaltirish, suv xo‘jaligida islohotlarni jadallashtirish, soha moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga jiddiy eʼtibor berilmoqda. Ekinlarni sug‘orishda suv tejaydigan texnologiyani joriy qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ekin maydonlarini tomchilatib sug‘orish usuli o‘zining yuqori samaradorligi, yaʼni suv resurslari cheklanganlik sharoitida kam suv sarflab barqaror yuqori hosil olish imkonini berish bilan ajralib turadi.

Tomchilatib sug‘orishning afzalligi, eng avvalo, suv resurslarini tejashda namoyon bo‘ladi. Bunga sug‘orish rejimining o‘ziga xosligi, bug‘lanishning pastligi, obi-hayotning behuda oqib ketmasligi tufayli erishiladi, eng muhimi, tomchilatib sug‘orishda suv o‘simlikka shlanglar vositasida yetkazib berilganligi uchun dala tuprog‘i qotmaydi, natijada qatorlar oralig‘iga ishlov berishga ehtiyoj qolmaydi. Tuprog‘i qotgan maydon esa mavsum oxirida sifatli va oson haydaladi. O‘g‘it suv bilan birga berilganligi bois, o‘g‘itlash uchun texnika ishlatishning zaruriyati yo‘qoladi, mehnat va yonilg‘i-moylash materiallari tejaladi. Dalada suvchilarning qo‘l mehnati keskin kamayadi. Jumladan: suv sarfi 40-50 foizga tejalib, yonilg‘i miqdori 50-60 foizga iqtisod qilinadi, mineral o‘g‘itlar samaradorligi 25-30 foizga ortadi, mehnat resurslari, ish haqi xarajatlari tejaladi, hosilning pishish muddati 15-20 kunga tezlashadi, hosildorlik 25-30 foizga ortadi.

“O‘zagroinspeksiya”ning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumanda mavjud foydalanilmaydigan tuproq o‘zanli sug‘orish tarmog‘ini tekislash hisobidan yaʼni, oshiqcha suvlarni behudaga oqishini oldini olish maqsadida tumanda 37.0 km uzunlikdagi qarovsiz va keraksiz bo‘lgan ichki sug‘orish tarmoqlarini ko‘milishi to‘g‘risida, hamda suvdan foydalanuvchi xo‘jaliklar tomonidan 2023 yil hosili uchun suvdan foydalanishiga doir shartnomalar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib tuman adliya bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilishi doimiy nazoratga olingan.

Bundan tashqari Hukumatning 2021 yil 3 apreldagi “Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini yana-da takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 174-sonli qarorining 4 bandiga asosan suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suvdan foydalanish, suv isteʼmolchilari tomonidan talabnomalarni o‘z vaqtida berilishi, suv isteʼmolida kundalik olinayotgan suv hisobini yuritilishi yuzasidan nazorat o‘rnatilgan.

Tumanda suv resurslaridan samarasiz va maqsadsiz foydalanish holatlari hamon uchrab bormoqda. Irrigatsiya tizimlaridan suv olish qoidalarini buzish, suvni xo‘jasizlarcha ishlatish, uning hisobini yuritish qoidalariga amal qilmaslik javobgarlik keltirib chiqarganligi sababli qonuniy choralar ko‘rib borilmoqda. Suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik uchun joylarda suv isteʼmolchilari bilan uchrashuvlarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini o‘tkazilishi “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan alohida nazoratga olib borilmoqda.

Z. Chinnibekov, “O‘zagroinspeksiya”ning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi bosh mutaxassisi  

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech